1 noyabrdan yöl çiziqlarini bosgan haydovçilarga bayonnoma tuzilmaydi

1 noyabrdan yöl çiziqlarini bosgan haydovçilarga bayonnoma tuzilmaydi

 1 noyabrdan boşlab çorraha va qayrilib oliş joylari yaqinida 1.1 va 1.3 yöl çiziqlarini bosib harakatlangan haydovçilarga YPX inspektorlari tomonidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilmaydi. Şu bilan birga, xavfsizlik kamarini taqmagan haydovçilarni maxsus kameralar orqali aniqlaşga ruxsat beriladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 29 oktyabrdagi “Yöl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etiş tizimini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 596-son qarorida belgilangan.

Qarorga köra, 1 noyabrdan çorrahagaça 50 metr, qayrilib oliş joylarigaça esa 20 metr masofada 1.1 va 1.3 yöl yotiq çiziqlarini bosib harakatlanganlik uçun YPX inspektorlari maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirmaydi.

Şuningdek, maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş dasturiy-texnik vositalari orqali haydovçilarning transport vositasini boşqariş va yölovçilarni taşişda xavfsizlik kamaridan foydalaniş qoidalariga rioya etmaslik holatlarini qayd etişga ruxsat beriladi.


Yaʼni endilikda xavfsizlik kamarini taqmagan haydovçilarni texnik talablarga javob beradigan, qayd etilgan maʼlumotlarni “Maʼmuriy amaliyot” moduliga avtomatik ravişda uzatiş imkoniyatiga ega qurilmalar ham aniqlaşi mumkin.

Bundan taşqari, qarorga muvofiq, statsionar, yaʼni qözğalmas radarlar joylaşgan hududda va ulardan 250 metrdan kam bölmagan, 500 metrdan köp bölmagan masofada 5.43 radar yöl belgisini örnatiş majburiy hisoblanadi.


×