Korruptsiya - taraqqiyot kuşandasi

Korruptsiya - taraqqiyot kuşandasi

Mustaqillikka erişganimizdan buyon Özbekiston özi tanlagan taraqqiyot yölidan dadil odimlamoqda. Milliy manfaatlarimizni inobatga olgan holda olib borilayotgan izçil siyosat davlatimizning jahon hamjamiyati tomonidan eʼtirof etilişini, xalqaro maydonda obrö-eʼtiborining ortib borişini taʼminlamoqda.

Şu bilan birga, nafaqat respublikamiz, balki yer yuzidagi barça mamlakatlar taraqqiyotiga salbiy taʼsir etayotgan, hammani birdek taşvişga solayotgan muammolar mavjudki, ulardan biri korruptsiyadir.

Korruptsiya lotinça söz bölib, «poraga sotiliş, ayniş» degan maʼnolarni anglatadi. Yaʼni korruptsiya – siyosat va davlat boşqaruvi sohasidagi ijtimoiy xavfli hodisa, davlat funktsiyalarini bajariş vakolatiga ega bölgan yoki ularga tenglaştirilgan şaxslarning noqonuniy tarzda moddiy va boşqa boyliklar, imtiyozlarni olişda

öz maqomi va u bilan boğliq imkoniyatlardan foydalanişi, şuningdek, bu boylik va imtiyozlarni jismoniy yoki yuridik şaxslar qonunga xilof ravişda egallaşiga imkon berişidir. Korruptsiya va poraxörlik davlatni iç-içidan yemirişi jahondagi baʼzi davlatlar tajribasidan yaxşi maʼlum.

Korruptsiya va poraxörlikni heç ikkilanmay «taraqqiyot kuşandasi» deb ataş mumkin. Hatto Birlaşgan Millatlar Taşkiloti (BMT) ham

bu illatlarni eng global muammolardan biri sifatida eʼtirof etib, ularga qarşi kuraşiş masalalariga jiddiy eʼtibor qaratib kelmoqda.

Xususan, BMTning 2003 yil 31 oktyabrda qabul qilingan Korruptsiyaga qarşi konventsiyasi xalqaro-huquqiy hujjat bölib, uning loyihasi ikki yil davomida 130 dan ortiq davlat iştirokida muhokama etilgan. Unda korruptsiyaga qarşi xalqaro va milliy kuraş amaliyotini yölga qöyiş hamda ularni amalga oşiriş mexanizmlari belgilab berilgan.

Mamlakatimiz mazkur konventsiyaga 2008 yilda qöşilgan hamda Özbekiston Respublikasining “Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Korruptsiyaga qarşi kuraş konventsiyasiga (Nyu-york, 2003 yil

31 oktyabr) Özbekiston Respublikasining qöşilişi töğrisida”gi Qonuni qabul qilingan.

Özbekistonda mazkur illatning sabablarini aniqlaş va bartaraf etiş borasida keng qamrovli işlar amalga oşirilmoqda.

Davlat xizmatçilari va mansabdor şaxslarning korruptsiya domiga tuşib qolmasliklarini taʼminlaş maqsadida uzoq muddatli çora-tadbirlar dasturlari işlab çiqilib, ularning ijrosi doimiy nazorat qilinmoqda.

Xorijiy amaliyot tahlili şuni körsatdiki, bozor iqtisodiyoti qonunlariga asoslangan mamlakatlarda korruptsiyaga qarşi kuraşiş sohasida davlat va xususiy sektor iştirokçilarining xalqaro standartlar, qonun hujjatlari va boşqa zamonaviy usullarga muvofiq samarali faoliyat yuritişini taʼminlovçi muhim vositalardan biri

öz tarkibida korruptsiyaga qarşi kuraşiş komplayens nazorat tizimini taşkil etiş hisoblanadi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi

PQ-5177-sonli “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş faoliyatini samarali taşkil etişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qaroriga asosan 2021 yil 1 oktyabrdan boşlab barça davlat organlari

va taşkilotlarida mavjud ştat birliklari doirasida korruptsiyaga qarşi içki nazorat tuzilmalari faoliyati yölga qöyilişi belgilandi.

Korruptsiyaga qarşi kompleans nazorati – davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, xöjalik yurituvçi subʼektlar faoliyatini korruptsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi xalqaro standartlar, qonun

va boşqa meʼyoriy huquqiy hujjatlarga muvofiq taşkil etuvçi, korruptsiya xavf-xatarlari, manfaatlar töqnaşuvini öz vaqtida aniqlaş va çek qöyiş, qonun buzilişi va korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berişni özida mujassam etgan profilaktik tizimdir.

Taʼkidlaş lozimki, avvalo, uşbu islohotlarning tub zamirida Prezidentimiz Ş. Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan ustuvor ğoya “Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqqa xizmat qilişi kerak” degan asosiy tamoyilga muvofiq barça imkoniyatlar xalqimiz manfaatlari yölida safarbar etilişi ustuvor vazifa etib belgilanmoqda.

 

 

Elyorbek Suyarov,

Namangan tumanlararo

maʼmuriy sudining sudyasi

 


Teglar:
×