Korruptsiya – jamiyat kuşandasi

Korruptsiya – jamiyat kuşandasi

Korruptsiya bu – mansab mavqeidan şaxsiy maqsadlarda foydalaniş bilan boğliq bölgan jinoyat turi hisoblanadi. Korruptsiya faoliyati xufyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biridir. Aksariyat hollarda korruptsiya deganda davlat xizmatçilari tomonidan şaxsiy manfaatlarni közlab, boylik orttiriş maqsadida xalqdan pora oliş, qonunga xilof pul daromadlarini qölga kiritiş tuşuniladi. Ammo, umuman olganda, davlat amaldorlarigina emas, balki, davlat taşkilotida işlamaydigan fuqarolar ham korruptsiyaga doir munosabatlarning iştirokçilari bölişi, pora pul emas, balki boşqa narsa evaziga maʼlum xizmatni amalga oşirişlari mumkin.

Darhaqiqat, korruptsiya – ildizlari davlat xizmatini taşkil etişdagi nuqsonlarga va davlat xizmatçilarining öziga xos psixologiyasiga borib taqaladigan ijtimoiy hodisa. Bu korruptsiyaga qarşi avvalo maʼmuriy-huquqiy va taşkiliy-boşqaruv çora-tadbirlari körilişi zarurligidan darak beradi.

Korruptsiya fuqaroning davlat vakili bilan maʼmuriy munosabatlari maʼno-mohiyatini özgartiradi va jamiyat uçun ham, davlat uçun ham salbiy oqibatlarni keltirib çiqaradi. “Korruptsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yösinda ğayriqonuniy şaxsiy naf köriş maqsadida öz xizmat mavqeidan foydalanişida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir.

Davlatimiz rahbari Ş. Mirziyoyev taʼkidlaganlaridek, “Korruptsiya va uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, şuningdek, huquqbuzarliklarning oldini oliş masalalarini samarali yeçiş ustuvor vazifalarimizdan biri bölib qoladi”.

Tabiiyki, ayrim kişilarda korruptsiya nima degan savol tuğilişi mumkin. Bu haqda hammaning öziga xos fikri, tasavvuri va tuşunçasi bor. Qonun tili bilan aytganda, korruptsiya – şaxsning öz mansab yoki xizmat mavqeidan şaxsiy manfaatlarini yoxud özga şaxslarning manfaatlarini közlab moddiy yoki nomoddiy naf oliş maqsadida qonunga xilof ravişda foydalanişi, xuddi şuningdek bunday nafni qonunga xilof ravişda taqdim etişidir.

Bu illatga qarşi kuraşiş – mamlakatimizda jadal surʼatlarda olib borilayotgan huquqiy islohotlar şaroitida inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini samarali himoya qilişning muhim vositalaridan biri bölib kelmoqda. Korruptsiyani yengiş, hokimiyat amaldorlarining halol işlaşini taʼminlaş, bozor iqtisodiyotini yanada rivojlantiriş, tadbirkorlar oldida turgan byurokratik tösiqlarni olib taşlaş, xalqqa va tadbirkorlarga xalaqit berayotgan tösiqlarni bartaraf etiş maqsadida bir qator Qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi.

Xususan, Özbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi, “Jamoatçilik nazorati töğrisida”gi, “Davlat xaridlari töğrisida”gi qonunlari, Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarşi kuraşiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi, “Özbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarşi kuraşiş tizimini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmonlari va “Özbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligi faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi qarori muhim ahamiyat kasb etib, öz natijasi va samarasini berib kelmoqda.

Davlatimiz rahbari Korruptsiyaga qarşi kuraşişda aholining barça qatlamlari, eng yaxşi mutahassislar jalb qilingan, jamiyatimizning barça aʼzolarini “halollik vaktsinasi” bilan emlagan holda korruptsiyaning oqibatlari bilan kuraşişdan uning barvaqt oldini olişga qaratilgan taşabbusni ilgari surdi.

Mamlakatimizning kelajagini va obrö-eʼtiborini qadrlaydigan har bir vijdonli fuqaro bu tahdidni esda tutmoği darkor. Halol mehnat qiliş, öz bilimi, kuç-ğayrati va ijodiy qobiliyatini sarflaş uçun barqaror şart-şaroit bölişini istaydigan, farzandlari va yaqin kişilari kelajakda ham demokratik, fuqarolik jamiyatida bozor munosabatlarining samaralaridan töla-tökis foydalanişni orzu qiladigan har bir fuqaro, Korruptsiya yöliga öz vaqtida zarur tösiq qöyişi kerak.

Bugungi kunda sudlar tomonidan ham korruptsiyani oldini oliş va unga qarşi kuraşişda boşqa huquqni muxofaza qiliş idoralari bilan hamkorlikda tarğibot taşviqot işlarini amalga oşrib kelinmoqda.

Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda korruptsiyaga qarşi kuraş maqsadlariga faqat jinoyat-huquqiy vositalar bilan erişib bölmasligini hayotning özi körsatmoqda. Aholining huquqiy savodxonligining ösişi korruptsiyaga qarşi kuraşda muhim ahamiyatga ega ekanligiga eʼtibor qaratiiş lozim. Köp hollarda huquqiy savodxonlikning yetişmasligi korruptsiya jinoyatining kelib çiqişiga sabab bölmoqda.

Odiljon Turdiyev
Namangan viloyat maʼmuriy sudi sudyasi

×