Korruptsiya – taraqqiyot kuşandasi

Korruptsiya – taraqqiyot kuşandasi

Namangan viloyati maʼmuriy sudi va Namangan tumanlararo maʼmuriy sudining sudyalari tomonidan “Korruptsiya – rivojlanişimizga tösiq” mavzusida Namangan viloyat Prokuraturasi bilan hamkorlikda Namangan davlat Universitetining yuridik fakulteti va Namangan viloyati Yuridik texnikum talabalari iştirokida davra suhbati ötkazildi.

Davra suhbatida Namangan viloyat maʼmuriy sudi raisi Z.Kurbonova Özbekiston Respublikasida, şuningdek, sud tizimi faoliyatida Korruptsiyaga qarşi kuraşiş sohasida amalga oşirilayotgan islohatlarga töxtalib ötdi.

Xususan, 2017 yil 3 yanvarda “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida” Özbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilinişi, uşbu qonunda korruptsiya atamasiga taʼrifdan tortib, unga qarşi kuraşiş, vakolatli organlar va ularning vazifalari, korruptsiyaga qarşi javobgarlik, bu masalada xalqaro hamkorlik kabi barça muhim jihatlar qayd etilgani va korruptsiyaning salbiy oqibatlariga alohida töxtalib ötar ekan, bölajak huquqşunos sifatida har bir talaba özining namunali xulqi, odobi hamda bilimi, yaxşi öqişi bilan korruptsiyaga qarşi kuraşişda özini körsata olişi mumkinligini taʼkidlandi.

Namangan tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi N.Tojiyeva öz maʼruzasida korruptsiyaga qarşi kuraşişda avvalo uşbu atamaning mohiyatini anglab oliş lozimligiga töxtatalar ekan, u öz nutqida: “Köpçilik korruptsiya sözini tor maʼnoda, yaʼni, mansabdor şaxslarning öz mansab mavqeidan şaxsiy manfaatlari yölida foydalanib sodir etişadigan poraxörlik bilan boğliq qilmişlarini tuşunişadi. Biroq bu tuşunçaning mohiyatini tölaqonli anglaş imkonini bermaydi. Korruptsiya sözi asli lotinça “corruptio” sözidan olingan bölib, “evriliş”, “buziliş” degan maʼnolarni anglatadi. Milliy qonunçiligimizda, jumladan, Özbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi Qonuni 3-moddasida, korruptsiyaga quyidagiça taʼrif berilgan. Korruptsiya — şaxsning öz mansab yoki xizmat mavqeidan şaxsiy manfaatlarini yoxud özga şaxslarning manfaatlarini közlab moddiy yoki nomoddiy naf oliş maqsadida qonunga xilof ravişda foydalanişi, xuddi şuningdek bunday nafni qonunga xilof ravişda taqdim etiş. Demak, keng maʼnoda korruptsiya deganda bu mansabdor şaxs yoki davlat xizmatçilarining nafaqat poraxörlik jinoyatlariga oid qilmişlari, balki, özlarining mansab yoxud xizmat mavqeini suisteʼmol qilib şaxsiy yoki boşqa şaxslarning manfaatlari yölida siyosiy homiylik, mahalliyçilik, “taniş-biliş”çilik, uruğ-aymoqçilikka yöl qöyişlari ham nazarda tutiladi”, deb tuşuntirişlar berdi.

Şundan söng, Namangan viloyat prokurorining yordamçisi J.Muzaffarov Korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça faoliyatni bevosita amalga oşiruvçi davlat organlaridan biri bu prokuratura organlari ekanligini va korruptsiya jinoyati uçun qonunda belgilangan javobgarlik masalariga töxtaldi.

Tadbir söngida davra suhbatida faol qatnaşgan talabalarga Namangan viloyati maʼmuriy sudining estalik sovğalari topşirildi.

×