Korruptsiya jinoyatlari haqida xabar qilganlarga bir martalik pul mukofoti beriladi

Korruptsiya jinoyatlari haqida xabar qilganlarga bir martalik pul mukofoti beriladi

Korruptsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korruptsiyaga qarşi kuraşişda boşqa tarzda kömaklaşgan şaxslarni rağbatlantiriş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqidagi hukumat qaror loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi. Hujjat Boş prokuratura tomonidan işlab çiqilgan. 

Unga köra, quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rağbatlantiriş közda tutilmoqda:

Birinçidan, korruptsiyaga oid maʼmuriy huquqbuzarlik haqida berilgan xabar uçun — bazaviy hisoblaş miqdorining uç baravari;

Ikkinçidan, pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud özlaştirilayotgan (özlaştirilgan) mulkning qiymati bazaviy hisoblaş miqdorining öttiz baravarigaça bölsa, bazaviy hisoblaşning quyidagi miqdorida:

— ijtimoiy xavfi katta bölmagan jinoyat uçun ‒ beş baravar;
— unça oğir bölmagan jinoyat uçun ‒ yetti baravar;
— oğir jinoyat uçun ‒ ön baravar;
— öta oğir jinoyat uçun ‒ ön beş baravar;

Uçinçidan,  pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud özlaştirilayotgan (özlaştirilgan) mulkning qiymati bazaviy hisoblaş miqdorining öttiz baravaridan yuz baravarigaça bölsa, bazaviy hisoblaşning quyidagi miqdorida:

— ijtimoiy xavfi katta bölmagan jinoyat uçun ‒ ön baravar;
— unça oğir bölmagan jinoyat uçun ‒ ön beş baravar;
— oğir jinoyat uçun ‒ yigirma baravar;
— öta oğir jinoyat uçun ‒ yigirma beş baravar;

Törtinçidan, pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud özlaştirilayotgan (özlaştirilgan) mulkning qiymati bazaviy hisoblaş miqdorining yuz baravaridan köp bölsa, quyidagi foiz hisobida hisoblanadi:

— ança miqdor (BHMning 100 baravaridan 300 baravarigaça) uçun ‒ ön beş foizi;
— köp yoki juda köp miqdor (BHMning 300—500 baravarigaça hamda 500 baravar va undan köp) uçun ‒ ön foizi.

Hujjat taşabbuskorlarining aytişiça, Davlat  byudjetidan  uşbu maqsadlar uçun har  yili  qöşimça  örta  hisobda  300-500  mln  söm  mablağlar  talab  etiladi.

×