Ğazoda öt oçişni töxtatiş böyiça muzokaralar boşlandi

Ğazoda öt oçişni töxtatiş böyiça muzokaralar boşlandi

Keça, 4 mart kuni Misr poytaxti Qohirada blokadadagi Ğazo sektorida öt oçişni töxtatiş böyiça muzokaralar davom ettiriladi. Bu haqda yuqori martabali misrlik amaldorga tayanib, “Al-Qahera News” telekanali xabar berdi.

“Misr, Qatar, HAMAS va AQŞ iştirokidagi muzokaralar erta tongda boşlanişi kutilmoqda”, deydi manba.

Misr matbuoti keça, 3 mart kuni HAMAS, Qatar va AQŞ delegatsiyalari yana Qohiraga yetib kelganini yozdi. Biroq Isroil tomoni Ğazo sektoridagi isroillik mahbuslarning ism-şariflari körsatilgan röyxatni olmagunça, Misrdagi muzokaralarda qatnaşmasligini maʼlum qilgan.

Ismini oşkor qilmagan misrlik yuqori martabali mulozim Ramazon oyi oldidan Ğazo sektorida öt oçişni töxtatiş böyiça muzokaralarda maʼlum “siljiş” borligini aytgan. Uning sözlariga köra, Misr Ramazongaça Falastin anklavida öt oçişni töxtatişga erişiş uçun katta saʼy-harakatlarni amalga oşirmoqda. 

"Öt oçişni töxtatiş böyiça muzokaralarda közga körinadigan siljiş bor va biz adolatli kelişuvga erişişga harakat qilmoqdamiz", deydi rasmiy.

Maʼlumot uçun, Tel-Aviv va HAMAS 13 fevral kuni Qohirada mahbuslarni almaşiş böyiça kelişuv doirasida muzokara ötkazgan. Keyinroq Isroilning “Mossad” razvedka boşqarmasi direktori David Barnea, AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi direktori Uilyam Byorns, Qatar Boş vaziri Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy, Misr razvedka boşqarmasi rahbari Abbos Kamol va HAMAS delegatsiyasi iştirokidagi muzokaralar 24 fevralgaça davom etdi.


Teglar:
×