Rossiya Ukrainadagi uruşni töxtatiş böyiça öz şartini aytdi

Rossiya Ukrainadagi uruşni töxtatiş böyiça öz şartini aytdi

Tinçlik örnatilişi uçun Ukraina Yevropa Ittifoqi va NATOga aʼzo bölişdan boş tortişi kerak, — dedi Rossiya taşqi işlar vaziri örinbosari Mixail Galuzin.

«Adolatli va mustahkam tinçlikka erişiş uçun Ukraina 1990 yilda öz davlat suvereniteti töğrisidagi deklaratsiyada qayd etilgan neytrallik maqomiga qaytişi, NATO va Yevropa Ittifoqiga aʼzo bölişdan boş tortişi kerak», deydi u.

Rossiya Ukraina kuçlari harbiy harakatlarni töxtatsa va Ğarb qurol-yaroğ yetkazib berişni bas qilsagina kelişuvga erişiş mumkin, qayd etadi Galuzin.

2014 yilda Qrim, 2022 yil kuzida Xerson va Zaporoje viloyatlari, şuningdek, Donetsk va Lugansk hududi Rossiya tarkibiga qöşib olindi. Kiyev bu hududlarni bosib olingan deb hisoblaydi. Biroq Ukraina «yangi hududiy voqeliklarni tan olişi kerak» deya şart qöyadi Rossiya amaldori.

Şuningdek, mojaroni hal qiliş uçun Donbass aholisini himoya qilişni taʼminlaş, Ukrainani «demilitarizatsiya va denatsifikatsiya» qilişga erişiş va Rossiya xavfsizligiga uşbu mamlakat hududidan kelayotgan tahdidlarni bartaraf etiş zarur, — dedi Galuzin.

«Kelişuvning yana bir muhim jihati, — deydi u, — rusiyzabon fuqarolar va milliy ozçilik huquqlarini himoya qilişdir. Mamlakatda tinçlikka erişiş uçun rus tilining davlat maqomini qonunçilik darajasida mustahkamlaş zarur».

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy «Rossiya har qança zör berib urinmasin, mağlubiyatga uçraşi muqarrardir. Agressor na Qrim va na Ukrainaning boşqa qismiga egalik qila oladi» deya bayonot bergandi.


Teglar:
×