Yodingizda bölsa, Turkiyaning Oydin viloyati Köşk tumanida 2025 yil 5 iyul kuni tungi soat 03:30 atrofida özbekistonlik 35 yoşli Muattar Aliyeva özi işlagan kazinoda boşidan öq uzilgani oqibatida halok bölgandi.
Prokuratura uning ölimi yuzasidan kazino egasi – hibsda saqlanayotgan Raşid Yasanga nisbatan “qasddan odam öldiriş” moddasi bilan oğirlaştirilgan umrbod qamoq jazosini söragandi.
Joriy yilning 13 aprel kuni Muattar Aliyeva ölimi böyiça ilk sud jarayoni ötkazildi. Bu haqda “Aydın ses gazetesi” xabar berdi.
Gumonlanuvçi Raşid Yasan bergan körsatmasida 90 foiz nogiron ekanini, öng qölidan foydalana olmasligini aytib, qotillikni sodir etmaganini taʼkidlagan. Şu bilan birga, sud uning öng qöli böyiça tibbiy xulosa olinişi kerakligini bildirgan. Şuningdek, u öziga qöyilgan ayblovlarni rad etgan hamda suddan oqlov söragan.
Raşid Yasan muqaddam marhuma bilan işqiy munosabatda bölgan. Sudda unga raşk sababli jinoyat sodir etgani haqida qöyilgan daʼvolarni inkor qilib, Muattar Aliyeva bilan munosabatlari “bir martalik” bölganini maʼlum qilgan.
“Odam sevgan ayolini öz qöli bilan boşqa erkakning oldiga yuboradimi? U mening sevgilim emasdi. Ahmad Ç. bilan munosabatini eşitgaç, “menga boşqa telefon qilma, ajraşamiz”, dedim. U stol ustidagi qurolni oldi. “Seni ham otaman, özimni ham otaman”, dedi va örtaga qarata öq uzdi. Men töxtatişga harakat qildim, lekin öşa paytda yana bir marta öq uzildi. Tösqinlik qila olmadim. Oldimga yiqildi. Öşa zahotiyoq qonni töxtatişga urindim. Politsiyaga qönğiroq qilganim uçun boşimga kelmagan kulfat qolmadi. Öşa paytda öng qölim gipsda edi, bu haqda hujjatim ham bor. Öng qölimni umuman işlata olmayman. Men öq uzmaganman”, degan Raşid Yasan.
Taxminan 7 soat davom etgan sud majlisida 4 nafar ayblanuvçi va 14 nafar guvohning körsatmasi tinglangan. Guvohlarning aksariyati Yasanning qarindoşlari ekani hamda ularning tergovdagi körsatmalari bilan suddagi bayonotlari örtasida jiddiy tafovutlar borligi şubha uyğotgan.
Ayniqsa, Ahmad Ç. voqea paytida qurol Aliyevaning qölida bölganini, tortişuv çoğida bir marta öq uzilgani, qurolni tortib oliş jarayonida esa ikkinçi marta öq otilganini aytgani eʼtiborni tortgan.
Sud hayʼati işni har tomonlama örganiş maqsadida muhim oraliq qarorlar çiqargan. Yasanning öng qöli böyiça tibbiy xulosa olinişi belgilangan. Şuningdek, Aliyevaning ölimi yuzasidan Sud ekspertiza institutidan öq uzilgan masofa hamda qurol qaysi qöl bilan işlatilganini aniqlovçi batafsil xulosa talab qilingan.
Bundan taşqari, sud voqea sodir bölgan kazinoda tekşiruv ötkazişga va hali söroq qilinmagan guvohlarni ham tinglaşga qaror qilgan.
Asosiy gumonlanuvçi Yasanni qamoqda saqlaş ehtiyot çorasi öz kuçida qoldirilgan. Keyingi sud majlisi esa joriy yilning 3 iyul kuni ötkaziladi.
Tergov doirasida boşqa ayblanuvçilar – Emrah K., Ibrohim Y. va Akif D. ham qurol hamda kuzatuv kamerasi yozuvlarini yaşirganlikda gumonlanayotgani maʼlum qilingan. Ularga qöyilgan “jinoyat dalillarini yöq qiliş yoki yaşiriş” ayblovi böyiça sud jarayoni davom etmoqda.









