Joriy yil 6-7 dekabr kunlari Toşkent şahrida Afğoniston hududi orqali ötuvçi «Termiz –Mozori-Şarif – Kobul – Peşovar» temir yöli liniyasini loyihalaş va quriş böyiça transport vazirliklari rahbarlari iştirokida uç tomonlama (Özbekiston, Afğoniston, Pokiston) va köp tomonlama (Özbekiston, Rossiya, Qozoğiston, Afğoniston, Pokiston) muzokaralar bölib ötdi.
«Özbekiston temir yöllari» axborot-tahliliy media markazi xabariga köra, tomonlar qöşniçilik aloqalarini mustahkamlaş, xalqaro transport kommunikatsiyalari va savdo aloqalarining mintaqalararo hamkorligini rivojlantiriş, şuningdek, iqtisodiyot turli tarmoqlarida hamkorlikni çuqurlaştirişda mazkur loyihaning ahamiyati haqida taʼkidlab ötdi.
Yiğiliş yakunida tomonlar tez orada ilgari surilgan temir yöl liniyasini quriş loyihasini joyiga çiqqan holda örganiş, işçi guruhlar yiğilişini doimiy ravişda ötkaziş va dastlabki texnik-iqtisodiy asoslar işlab çiqilgandan söng loyihaga xalqaro moliya institutlarini jalb qiliş böyiça kelişib oldi.









