Farğonada 11 yaşar qizni zörlab, öldirib ketganlarga hukm öqildi

Farğonada 11 yaşar qizni zörlab, öldirib ketganlarga hukm öqildi

2023 yilning iyul oyida Farğona şahrida 11 yaşar qizni zörlab, öldirib ketgan voyaga yetmagan şaxslarga hukm öqildi. Bu haqda Farğona viloyati sudlari matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 15 yanvar kuni jinoyat işlari böyiça Farğona şahar sudida sudlanuvçilar B.X., M.S. va D.A.ga oid jinoyat işi yopiq sud majlisida körib çiqilgan. 

Sud hukmi bilan sudlanuvçi M.S.ga Jinoyat kodeksi 25,97-moddasi 2-qismining “v,z,o” bandlari, 118-moddasining 4-qismi, 119-moddasining 4-qismi bilan uşbu Kodeksning 85-moddasi hamda 59-moddasining 3-qismi tartibida 14 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Yana bir sudlanuvçi D. A.ga ham xuddi şu moddalar bilan 13 yillik qamoq jazosi tayinlangan.


Farğonada öldirib ketilgan qizaloq işi böyiça qöşimça maʼlumotlar berildi

Uçinçi sudlanuvçi B. X. esa sudlanuvçilar M. S. va D.A. tomonidan sodir etilgan öta oğir jinoyatlar haqida aniq bilgani holda huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlariga aytmasdan, jinoyatni yaşirgani uçun Jinoyat kodeksining 241-moddasi 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilingan. Unga Jinoyat kodeksi 241-moddasining 2-qismi bilan Kodeksning 62,84 prim 1-moddalari tartibida 2 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan.

Qayd etilişiça, sud sudlanuvçilarning voyaga yetmaganini hisobga olgan holda hukm çiqargan.


Teglar:
×