23 avgust kuni taxminan soat 7 larda 14 yoşli qizning onasi «#Not SilentKidsKZ» harakati işonç telefoniga qönğiroq qilib, uning qizi zörlanganini aytdi, dedi harakat rahbari Dina Smailova. Voqea Almatida sodir bölgan.
"Keçki soat 4 larda qizning onasiga telefon orqali qizining sinfdoşi qizaloqning huşsiz, alkogol bilan zaharlangan holda axlatxona yonida yotgani haqida xabar bergan. Ona darhol çiqib ketgan va qizlardan qizini taşlab ketmaslikni söragan.
Keyinroq aniq bölişiça, maktab öquvçilari va bir xizmatkorning tavsifiga köra, qizni bir neçta erkak sudrab olib, maşinaga joylaştirgan va olib ketgan. Sinfdoşlar esa politsiyaga xabar qilib, bola öğirlanganini aytişgan. Ular deyarli ikki soatdan söng tumanning narigi tomonidagi axlatxona yonidan qizni topganlar. U huşidan ketgan. Unga birinçi tibbiy yordam körsatilgan. Uning soçlari höl va iflos edi, göyo uning ustidan suv quyilgandek edi", – deb yozadi Dina özining Facebookdagi sahifasida.
Tekşiruv davomida ginekolog qizaloqning nomusiga tajovuz qilinganini aniqladi. Dina Smailova, şuningdek, qizda amneziya borligini aytmoqda.
Qiz köp narsani eslay olmaydi. Eslagani: dugonasi bilan kunduzi soat ikkida, maktabdan uzoqroq joyda uçraşgan, öşa paytda ularning oldiga bir taniş odam kelgan, u spirtli içimlik içgan bölgan… Qizça şundan keyin kasalxonada közini oçganini eslaydi. Ikki soatdan beş soatgaça bölgan vaqt içida nima bölganini bola aytolmaydi, deb yozadi Smailova.
Harakat yetakçisining sözlariga köra, tergov guruhi kasalxonaga 21.30 da yetib kelgan, bu vaqtga qadar şahar prokuraturasiga xabar berilgan.









