Namangan viloyatining Yangiqörğon tumanida joriy yilning 14 oktyabr kuni 7 yaşar qiz 38 yoşli qarindoşi tomonidan zörlangandi. Bugun, 24 dekabr kuni jinoyat işlari böyiça Yangiqörğon tuman sudida mazkur holatga oid jinoyat işi körib çiqilib, sud hukmi eʼlon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov maʼlum qildi.
Uşbu jinoyat işi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat işlarining oşkora körilişi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida körib çiqildi. Oldin ham sudlanib, xavfli retsidivist deb topilgan 38 yoşli erkak B.S. sud hukmiga muvofiq 7 yaşar qizçaga nisbatan Jinoyat kodeksining 112-moddasi (öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş) 1-qismi, 118-moddasi (nomusga tegiş) 4-qismi va 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
Şuningdek, Jinoyat kodeksining 34-moddasi (retsidiv jinoyat) 3-qismi “a” bandiga asosan B.S. öta xavfli retsidivist deb topildi. B.S. tayinlangan jazo muddatining dastlabki 3 yilini turmada, jazoning qolgan muddatini maxsus tartibli koloniyalarda ötaşi belgilandi.
Birinçi instantsiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Namangan viloyat sudining apellyatsiya/kassatsiya instantsiyasiga şikoyat beriş va protest keltirişga haqliligi maʼlum qilindi.









