Rossiyaning Çelyabinsk viloyatida 2009 yilda mahalliy fuqarolardan biri tomonidan öğirlab ketilgan Yekaterina ismli qiz bugun 31 iyul kuni tutqunlikdan qoçişga muvaffaq bölgani maʼlum böldi. Bu haqda Rossiya Tergov qömitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, ozodlikka çiqqan qiz singlisini topgan va u orqali politsiyaga murojaat qilgan. Qizning aytişiça, 2009 yilda uni Vladimir ismli 37 yoşli erkak birgalikda spirtli içimlik içiş uçun Smolina qişloğiga borişga taklif qilgan. Qişloqqa yetib borişgaç, erkak uni derazalari panjarali, eşigi qulflangan uyga qamab qöygan.
Vladimir uni qotillik tahdidi bilan zörlab kelgan. Qiz qamalgan uyda Vladimirning onasi ham yaşagan, biroq öğli heç qayerga çiqmagani uçun qöşnilari ayolni yolğiz yaşaydi deb öylagan.
Taʼkidlanişiça, Vladimir 2010 yilda tutqunlikdagi qizning sevgilisini ham öldirgan. Yaqinda Vladimir köp spirtli içimlik içgani va öta agressivligi sabab onasi uni şifoxonaga yotqizgan. Yekaterina qamalgan xonaning eşigi esa tasodifan oçiq qolib ketgan va qiz qoçişga muvaffaq bölgan.
Erkakning uyini közadan keçiriş çoğida xöjalik binolarining biridan odam qoldiqlari topilgan. Holat yuzasidan qotillik ayblovi böyiça jinoyat işi qözğatilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğistonda ikki özbekistonlik uç yil davomida tutqunlikda saqlab kelingani maʼlum bölgandi.









