Namanganda aliment tölaşdan qoçib yurgan erkak tungi klubdan topildi

Namanganda aliment tölaşdan qoçib yurgan erkak tungi klubdan topildi

Namanganda uç nafar farzandiga aliment tölamay yurgani uçun qidiruvda bölgan erkak tungi klubdan topildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosining axborot xizmati rahbari Farrux Toşpulatov xabar berdi.

Unga köra, qarzdor ota sud qarorida körsatilgan majburiyatni, yaʼni 2021 yilning martidan 2024 yilning yanvar oyiga qadar 50 mln sömdan oşib ketgan aliment pulini tölaşdan böyin tovlab, yaşirinib yurgan. 

Şu bois unga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan bölib, keça, 15 yanvar kuni içki işlar organlari xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tadbirida D.I. tungi klubdan topilgan. 

"Unga nisbatan maʼmuriy jazo qöllanilib, 15 sutkalik qamoq jazosi tayinlandi", deyiladi bu haqdagi xabarda.

Maʼlumot uçun, Byuroning Namangan viloyat boşqarmasi qidiruv şuʼbasi tomonidan 2023 yilning özida jami 207 nafar qidiruvdagi şaxslar topilib, 478 million söm miqdoridagi qarzdorlik undirilgan.


Teglar:
×