Qayd etilişiça, 2021 yilning 27 aprel kuni soat 13:00 larda Namangan viloyati Norin tumani «Tölqin» MFY hududidan ötuvçi 4K-433 avtomobil yölining 3-kilometrida velosipedda harakatlanib ketayotgan, 1980 yilda tuğilgan A.T.ni Kia rusumli avtomobilda urib yuborgan haydovçi birinçi tez tibbiy yordam körsatmasdan voqea joyidan ketib qolgan.
Velosipedçi tan jarohati bilan şifoxonaga olib ketilgan.
Namangan viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-suriştiruv işlari natijasida Kia rusumli avtomobil va uni boşqargan haydovçi, 1965 yilda tuğilgan S.X. topilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Norin tumani IIB TB tomonidan dastlabki suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.









