Namanganda aliment tölaşdan qoçib yurgan ota uy yertölasidan topildi

Namanganda aliment tölaşdan qoçib yurgan ota uy yertölasidan topildi

Namangan viloyatida aliment tölaşdan qoçib yurgan erkak uy yertölasidan topildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ'ga Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati xabar berdi.

Gap şundaki, Çortoq tumanida yaşovçi fuqaro M.M. turmuş örtoği bilan ajraşgan va sudning qarori bilan undiruvçi V.N. foydasiga 1 nafar farzandi uçun har oyda aliment tölaşi belgilangan. Mazkur hujjat MIBning Çortoq tuman bölimi iş yurituviga kelib tuşgan hamda ijro harakatlari olib borilgan. 

Qarzdor ota esa alimentni tölaşdan boş tortib yurgan. Qarzdorlik 20 mln sömdan ortib ketgan. Ustiga ustak ota işlaş maqsadida Toşkent şahriga borib, “berkinib” yurgan. Oxir-oqibat unga nisbatan davlat ijroçisi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan. 

Qidiruvlar natijasida erkak Toşkent şahridagi yaşaş xonadoniga kelgani maʼlum bölgan. MIB xodimlari uning xonadoniga borganda, oila aʼzolari uni kelmaganini bildirgan. Ammo erkak uyining yertölasidan topilgan. 

Belgilangan tartib böyiça qidiruvdagi şaxs davlat ijroçisiga topşirilgan va unga nisbatan 15 sutkalik maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.


Teglar:
×