Ukrainadagi uruşda Rossiya tomonidan iştirokib etib, yarlangan va çegaralarni noqonuniy kesib ötib, Özbekistonga qoçgan 38 yoşli samarqandlik erkak 5 yil 6 oyga qamaldi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanişdi.
Hujjatda keltirilişiça, sudlanuvçi B.M. 2020 yilning noyabr oyida işlaş uçun Rossiyaning Moskva şahriga borgan. 2022 yilning may oyida esa giyohvandlik vositalari bilan boğliq jinoyat uçun 10 yilga qamalgan. Uning sudda körsatma berişiça, 2021 yilning mart oyida tojikistonlik tanişi qönğiroq qilib, uni bir manzilga olib borişni iltimos qilgan. Erkak bunga rozi bölgan va ular yölda ketayotganda politsiya tomonidan töxtatilgan. Şunda maşinaning orqa örindiğidan 109 gramm “geroin” topilgan. Şu sababli B.M. 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Sudlanuvçining aytişiça, koloniyada unga Ukraindagi uruşda qatnaşiş böyiça bosim ötkazilib, qiynoqqa solingan. Oqibatda u 2024 yilning sentyabr oyida Rossiya armiyasi bilan şartnoma imzolagan. Şundan söng, u boşqalar bilan birga Rostov orqali Luganskning Şaxta şahriga olib borilgan. U yerdagi harbiy qismda 14 kunlik maşğulotlar ötkazilgan va jang bölayotgan hududga olib ketilgan. Biroq B.M. mina portlaşi oqibatida yaralangan. Erkak evakuatsiya qilinib, Donetskdagi şifoxonaga olib borilgan. B.M. 2024 yilning dekabrida taksi orqali u yerdan qoçgan va “Tamara” ismli ayol bilan tanişib, bir muddat uning uyida yaşirinib yurgan. 2025 yilning aprel oyiga qadar öşa uyda yaşagan B.M. Özbekistonga qaytişni maqsad qilgan va qozoğistonlik “Ded” bilan tanişib, 1 ming 800 dollar evaziga Rossiyadan Qozoğistonga, keyin esa Qozoğistondan Özbekistonga sim tösiqlar orqali noqonuniy kesib ötgan. Özbekistonning Jizzax viloyatida uni akasi kutib olgan va Parkent tumanidagi opasinikiga joylaştirgan.
Şundan söng, uning özi ham odamlarni çegaradan noqonuniy ötkaziş bilan boğliq işga aralaşib qolgan. B.M. 2025 yilning dekabr oyida “mijoz”dan 2000 dollar olayotgan vaqtda DXX xodimlari tomonidan qölga olingan.
Joriy yilning 7 avgust kuni Jinoyat işlari böyiça Jomboy tuman sudida mazkur işlar körib çiqilgan. B.M. Jinoyat kodeksining 154-moddasi (yollaniş) 1-qismi, 25, 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi “b” bandi, 223-moddasi (qonunga xilof ravişda çet elga çiqiş yoki Özbekiston Respublikasiga kiriş) 2-qismi “b” bandi va 25, 223-moddasi 2-qismi “b” va “v” bandlari bilan aybli deb topilgan. Unga qisman qöşiş yöli bilan uzil-kesil 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.









