Seul KXDRni HAMASga qurol yetkazib berişda aybladi

Seul KXDRni HAMASga qurol yetkazib berişda aybladi

Koreya Respublikasi hukumati KXDR tomonidan işlab çiqarilgan qurollarning xorijga olib çiqilişidan jiddiy xavotirda, çunki bu BMT Xavfsizlik Kengaşi rezolyutsiyalari bilan taqiqlangan. Bu haqda Koreya Respublikasi Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Lim Su Sok maʼlum qildi.

“Hukumat Şimoliy Koreyada işlab çiqarilgan qurollarning xorijga uzatilişidan jiddiy xavotirda. Şimoliy Koreya bilan qurol savdosi BMT Xavfsizlik Kengaşining bir qança rezolyutsiyalarini buzadi va xalqaro tinçlik va xavfsizlikka, jumladan Koreya yarimoroliga jiddiy tahdid soladi”, deydi Lim Su Sok.

U AQŞ ommaviy axborot vositalarining yaqinda HAMAS jangçilari Şimoliy Koreyaning granata otiş moslamasidan foydalangani haqidagi iddaosiga qöşilgan.

“Hukumatimiz AQŞ, Yaponiya va döst davlatlar bilan hamkorlikda BMTning barça aʼzolari Xavfsizlik Kengaşi rezolyutsiyalariga rioya qilişlarini taʼminlaş uçun saʼy-harakatlarni davom ettiradi. Biz fursat kelganda, jumladan, BMT Xavfsizlik kengaşi yiğilişlarida öz pozitsiyamizni faol bayon qilamiz”, deya qöşimça qilgan diplomat.

1 noyabr kuni Koreya Respublikasi Milliy razvedka xizmati Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In Falastinga har tomonlama yordam körsatiş böyiça takliflar tayyorlaşga buyruq bergan bölişi mumkinligini aytgan.


Teglar:
×