Kamida 27 davlat, jumladan NATOga aʼzo bölmagan mamlakatlar Ukrainaga qurol-yaroğ yetkazib berişga qaror qildi. Bu haqda Britaniyaning “Sky News” telekanali Britaniya mudofaa vaziri Ben Uollesga tayanib, xabar berdi.
Töliq röyxati taqdim etilmagan davlatlar röyxatidan AQŞ va Buyuk Britaniya, avvalroq bunday harakatga qarşi çiqqan davlatlar ham bor.
Xususan, gap tankga qarşi va zenit qurollarini yetkazib beriş haqida bormoqda.
Bugun, 26 fevral kuni ertalab Polşaning “Gazeta” axborot portali Germaniyaning Bild naşri jurnalisti Julian Röpkega tayanib, NATOning beşta davlati Ukrainaga qurol yetkazib berişga rozi bölgani haqida xabar berdi. Unga köra, yetkazib beriş 24 fevral kuni boşlangan.
Naşr, ayni paytda, “Ukrainaga Estoniyadan qurol-yaroğ, jumladan, tankga qarşi snaryadlar va havo hujumidan mudofaa kuçlari uçun snaryadlar yetkazib berilgani maʼlum” deb yozadi.
Bundan taşqari, Polşa Mudofaa vaziri Mariuş Blaşçak ham Ukrainaga Polşadan qurol-aslaha yuklangan karvon yetib kelganini aytdi, biroq bular avvaldan vaʼda qilingan yetkazib berişmi yoki yangilarimi, aniqlik kiritmagan.









