Xitoy Falastinga yordam berişda davom etişini maʼlum qildi

Xitoy Falastinga yordam berişda davom etişini maʼlum qildi

Xitoy Falastinga gumanitar yordam körsatişda davom etadi. Bu haqda Xitoy hukumatining Yaqin Şarq böyiça maxsus vakili Çjay Tszyun maʼlum qildi.

"Xitoy Falastinga BMT va ikki tomonlama kanallar orqali Ğazo aholisi duç kelayotgan inqirozni yumşatiş uçun favqulodda gumanitar yordam körsatgan va körsatişda davom etadi. Xitoy Misrning Ğazo sektoridagi ahvolni yaxşilaşga qaratilgan saʼy-harakatlarini yuqori baholaydi”, deya uning sözlaridan iqtibos keltirgan Xitoy markaziy televideniyesi.

Maxsus vakilning taʼkidlaşiça, hozirda Falastin-Isroil mojarosi keskinligiça qolmoqda. 

“Ğazodagi vaziyat juda jiddiy va tinç aholining hayotiga nisbatan xavf heç qaçon bunçalik katta bölmagan”, deydi u.

Çjay Tszyuning sözlariga köra, Isroilning Livan va Suriya bilan çegarasidagi töqnaşuvlar ham xavotirga sabab bölmoqda. 

“Xalqaro hamjamiyat bu borada huşyorlikni kuçaytirişi, zudlik bilan çora körişi, barça tegişli tomonlarni xalqaro gumanitar qonunlarga qatʼiy rioya qilişga çaqirişi, jiddiy gumanitar ofatlarning oldini oliş uçun barça imkoniyatlarni işga solişi, vaziyatni nazorat qiliş va uning kuçayişiga yöl qöymaslik uçun birgalikda harakat qilişi kerak”, deydi diplomat.

Eslatib ötamiz, 20 oktyabr kuni ğazoliklar uçun asosiy oziq-ovqat, suv va dori-darmonlardan iborat gumanitar yordam manzilga muvafaqqiyatli yetib borgani xabar berilgan edi. Bu uruş boşlanganidan beri Ğazo sektori uçun ajratilgan birinçi gumanitar yordam hisoblanadi.


×