AQŞdagi Respublikaçi qonunçilar Yevropa Komissiyasini söz erkinligini çeklaş, konservativ qaraşlarni nişonga oliş va Yevropa davlatlaridagi saylovlarga aralaşişda aybladi. Bu haqda AQŞ Kongressining Respublikaçilar nazoratidagi Adliya qömitasi tayyorlagan hisobotda söz boradi.
Hisobotda keltirilişiça, Yevropa Komissiyasi ön yil davomida ijtimoiy tarmoqlarga bosim ötkazgan. Qonunçilarga köra, bu bosim amerikalik foydalanuvçilarning söz erkinligini çeklagan.
Şuningdek, qonunçilar Yevrokomissiya platformalarni kamsitiş va yolğon xabarlarga qarşi kuraş bahonasida siyosiy kontentni öçirişga majbur qilgan. Bu esa asosan konservativ OAVlarga qaratilganini aytmoqda. Oqibatda COVID-19, migratsiya va transgender masalalari böyiça muhokamalar çeklangan, jamoatçilikka yetarliça axborot yetib bormagan.
Hisobotda, şuningdek, Yevropa Komissiyasi 2023–2025 yillarda Frantsiya, Irlandiya, Niderlandiya, Ruminiya, Slovakiya hamda Moldova saylovlariga, şuningdek, 2024 yilgi Yevropa Parlamenti saylovlariga aralaşganlikda ayblanmoqda.
Mazkur tanqidlarni X ijtimoiy tarmoği egasi Ilon Mask ham maʼqullagan. U Yevropa Ittifoqining raqamli qoidalarini, jumladan, Raqamli xizmatlar töğrisidagi qonunni (DSA) tsenzura vositasi sifatida baholab kelmoqda.
Mask bu ayblovlarni Yevropa Ittifoqi X’ni (sobiq Twitter) DSA talablarini buzganlik uçun 120 million yevro jarimaga tortganidan söng qöllab-quvvatladi.
Biroq Yevropa Komissiyasi va mustaqil ekspertlar bu daʼvolarni qatʼiyan rad etmoqda. Yevrokomissiya matbuot kotibi Tomas Rene ularni asossiz ekanini va söz erkinligi Yevropa Ittifoqida asosiy huquq ekanini bildirgan.
Uning sözlariga köra, DSA tsenzura emas, balki platformalarda şaffoflikni oşirişga xizmat qiladi.
“2025 yilning birinçi yarmida Meta Yevropa Ittifoqida kontent moderatsiyasi böyiça 24,5 million qaror çiqardi va ularning qariyb 30 foizi bekor qilindi. Bu aynan DSA tufayli amalga oşdi”, deydi u.









