Oq uy Milliy xavfsizlik kengaşining strategik aloqalar böyiça koordinatori Jon Kirbi keça, 22 dekabr kuni Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) Rossiyaning nodavlat qurolli guruhi “Vagner”ga qurol yetkazib bergani va köproq yetkazib berişni rejalaştirayotganini aytdi.
"Bugun biz KXDR “Vagner”ga tölangan pul evaziga qurol-yaroğlarni dastlabki yetkazib berişni yakunlaganini tasdiqlaşimiz mumkin. Şimoliy Koreya ötgan oy “Vagner” foydalanişi uçun Rossiyaga raketa va snaryadlarni yetkazib bergan edi”, deydi Kirbi.
Uning fikriça, bu Ukrainadagi jang maydonidagi dinamikani özgartirmaydi.
“Biz, albatta, Şimoliy Koreya köproq harbiy texnika yetkazib berişni rejalaştirayotganidan xavotirdamiz”, deydi maʼmuriyat rasmiysi.
KXDR Taşqi işlar vazirligi Rossiyaga qurol-yaroğ yetkazib berilgani haqidagi, şu jumladan Amerika tomoni daʼvo qilgan maʼlumotni rad etdi.
“Yaponiya ommaviy axborot vositalarining KXDR Rossiyaga harbiy yuk yetkazib berayotgani haqidagi tuhmatli xabari jamoatçilik fikrining eng bemaʼni manipulyatsiyasi bölib, heç qanday izoh berişga loyiq emas”, deyiladi bayonotda.









