Töqayev 2026 yil prezidentlikdan ketişi va Konstitutsiyani özgartirmasligini aytdi

Töqayev 2026 yil prezidentlikdan ketişi va Konstitutsiyani özgartirmasligini aytdi

Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev konstitutsiyaviy referendum ötkaziş va 2026 yilgi prezidentlik saylovlarida yana iştirok etiş rejalari haqidagi miş-mişlarni rad etdi. Bu haqda “Egemen Qazaqstan” gazetasida çop etilgan intervyusida aytilgan.

“Bu dezinformatsiya. Işonçim komilki, konstitutsiyaga özboşimçalik bilan özgartirişlar kiritiş, ayniqsa, bunday fundamental masala böyiça endi mumkin emas. Konstitutsiyaviy islohot asosiy qonunga özboşimçalik bilan özgartiriş kiritiş maqsadida amalga oşirilmagan”, deydi davlat rahbari. 

Unga köra, konstitutsiyadagi yagona prezidentlik muddati haqidagi qoida özgarişsiz qolmoqda. 

“Uşbu meʼyor davlatimizning mustaqilligi, birligi, hududiy yaxlitligi va boşqaruv şakli töğrisidagi meʼyorlar kabi özgarmasdir”, deydi amaldagi davlat rahbari. 

Prezidentning tuşuntirişiça, u yagona yetti yillik prezidentlik muddati ğoyasini 15 yil avval yopiq muhokamalarda bildirgan. 

“Keyin bu taklif qöllab-quvvatlanmadi. Prezident etib saylanganimdan söng ijobiy va salbiy tomonlarini tarozida körib, bu ğoyani hayotga qanday tatbiq etiş haqida köp öyladim. 2022 yilda super-prezidentlik vakolatlarini bekor qilişga qaratilgan bir qança muhim konstitutsiyaviy özgarişlar amalga oşirildi. Va keyin men yagona yetti yillik muddat ğoyasini ilgari surdim. Bu taşabbus xalq tomonidan qöllab-quvvatlandi. Bu hammasidan darak beradi”, taʼkidladi davlat rahbari. 

2022 yil 5 iyun kuni Qozoğistonda konstitutsiyaga özgartirişlar kiritiş böyiça referendum bölib ötdi va uni 77 foizdan ortiq fuqarolar qöllab-quvvatladi. Özgartişlarga muvofiq, davlat rahbarining vakolatlari qisqartirildi, parlament va mahalliy vakillik organlarining roli sezilarli darajada kuçaytirildi, inson huquqlari sohasi tizimli ravişda mustahkamlandi, Konstitutsiyaviy sud qayta taşkil etildi, ölim jazosi nihoyat bekor qilindi, birinçi prezident Nursulton Nazarboyevning maqomi töğrisidagi moddalar çiqarib taşlandi. 

2019 yilda Nazarboyev isteʼfoga çiqişini eʼlon qilib, respublikadagi özgarişlarni davom ettiradigan yangi avlod rahbarlarining hokimiyatga kelişi zarurligini taʼkidladi. Konstitutsiyaga muvofiq, davlat rahbarining vakolatlari keyinçalik parlament yuqori palatasi raisi sifatida Töqayevga yuklatildi. Öşa yilning iyun oyida Töqayev prezidentlik saylovlarida ğalaba qozondi. 2022 yil noyabrida bölib ötgan muddatidan oldin saylovda u bir martalik yetti yillik muddatga Qozoğiston prezidenti etib qayta saylandi.


Teglar:
×