Qozoğistonda yanvar oyidagi tartibsizliklarning asl sababi boylar va kambağallar daromadlari örtasidagi tafovut böldi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev işbilarmon doiralar vakillari bilan uçraşuvda maʼlum qildi.
“Sizga yaxşi maʼlum bölgan korruptsiya fonida daromadlarning bunday tabaqalanişi terrorçilar, jangarilar va ularning ortida turgan fitnaçilar tomonidan qöllanilgan porox boçkasi yonida yondirilgan gugurt rolini öynadi”, degan davlat rahbari.
Uning sözlariga köra, sodir bölgan voqealar yillar davomida töplanib kelayotgan muammolarni foş qilgan.
“Bugungi kunda oldimizda butun ijtimoiy tuzilmani çuqur özgartirişdek strategik vazifa turibdi. Bizga Qozoğiston fuqarolarining intilişlari va manfaatlariga javob beradigan haqiqiy islohotlar kerak”, deya xulosa qilgan Töqayev.
Qozoğistondagi tartibsizliklar
2022 yilning ilk kunlarida Qozoğistonda yoqilği narxi oşişi sababli boşlangan norozilik namoyişlari tartibsizliklarga aylandi. Odamlar köçalarga çiqdi, Olma-otada va boşqa baʼzi şaharlarda xavfsizlik kuçlari bilan töqnaşuvlar va talonçilik boşlandi, jangarilar davlat muassasalariga hujum qildi. Mamlakat hududida favqulodda holat joriy etildi, hukumat isteʼfoga çiqarildi. Prezident Qosim-Jomart Töqayev yoqilği sotiş narxlarini tartibga solişni buyurdi, sodir bölayotgan voqealarni taşqi agressiya deb atadi va yordam sörab KXŞT böyiça hamkorlariga murojaat qildi.
Taşkilot aʼzolari Respublikaga maʼmuriy va diplomatik binolarni qöriqlaş bilan şuğullanuvçi hamda mahalliy harbiylarga huquq-tartibotni saqlaşda kömaklaşuvçi kollektiv tinçlikparvar kuçlarni yubordi. Hozirda tinçlikparvar kuçlar Qozoğistonni tark etgan.
Yanvar voqealari natijasida 695 ta jinoyat işi qözğatilgan. Mamlakat Boş prokuraturasi maʼlumotlariga köra, 4578 kişi jarohatlangan, 225 kişi, jumladan, 19 nafar xavfsizlik xizmati xodimlari halok bölgan. BMT mingga yaqin yaralanganlar haqida xabar bergan.









