JÇ-2026 tribunalarida havoga oq kukun soçgan videolari bilan maşhur bölgan ganalik muxlis Kaylani Ibrohim Kpa viza va sayohat firibgarligida gumonlanib, Akkra şahrida hibsga olindi va sudga tortildi. Bu haqda Gana Teleradioeşittiriş korporatsiyasi (GBC) xabar berdi.
Manbaga köra, bir neçta şaxs Kpa ulardan ön minglab dollar pul olgani, evaziga Kanada, Nikaragua va AQŞga sayohatlarni taşkil qilib berişni vaʼda qilganini maʼlum qilgan. Politsiya hozirça yetkazilgan zararning aniq miqdorini oşkor qilmagan.
“Yen” portali esa gap 80 ming dollardan ortiq mablağ haqida ketayotganini yozdi. GBC maʼlum qilişiça, “Pudramen” laqabi bilan tanilgan Kpaning özi Jahon çempionatiga öz mablaği hisobidan borganini, ammo keyinçalik puli tugab qolganini aytgan.
Kpa musobaqa vaqtida tribunalarda bolalar sepadigan kukunga öxşaş modda solingan idişdan havoga oq kukun soçişi orqali maşhur bölgan. Şu sababli köpçilik uni şaman deb öylagan.
Jahon çempionati davomida yana bir ganalik Nana Kvaku Bonsami ham özini sehrgar deb atab, Angliya terma jamoasi sardori Garri Keynni “laʼnatlagani” haqidagi daʼvolari bilan ommaviy axborot vositalari eʼtiborini tortgan.









