Ukraina prezidenti Zelenskiy qaçon prezidentlikdan ketişini aytdi

Ukraina prezidenti Zelenskiy qaçon prezidentlikdan ketişini aytdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan keçayotgan uruş öz nihoyasiga yetgaç lavozimini tark etişi mumkinligini aytdi. Bu haqda u BBC'ga bergan intervyusida söz oçdi.

Jurnalist undan Zelenskiy endi prezident bölib qolişi mumkinmi, deb söradi. U esa, “Biz hammamiz insonmiz”, deya javob qaytardi. Prezident hokimiyatni boşqa birovga topşirişi mumkinligini tan oldi, lekin kim davlat rahbari bölişi faqat Rossiya bilan uruşdan keyin aniq bölişini taʼkidladi.

Ukraina konstitutsiyasiga köra, 2019 yilda saylangan Zelenskiyning vakolatlari u lavozimga kirişganidan beş yil ötgaç tugaşi kerak. Ammo uruş holatida mamlakatda yangi davlat rahbari saylovi bölmaydi. Rossiya bostirib kirişi munosabati bilan Ukrainada har qanday saylovlarni qonuniy ravişda taqiqlovçi harbiy holat joriy etildi. 

Kiyev xalqaro sotsiologiya instituti tadqiqotlariga köra, 2024 yil fevral holatiga mamlakat fuqarolarining aksariyati, yaʼni 69 foizi Vladimir Zelenskiy harbiy holat tugagunça Prezident sifatida qolişi kerak, deb hisoblagan.

SNN naşrining yozişiça, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy öz xalqiga murojaatida ikki yildan köproq vaqt oldin rasmiy Moskvaning keng miqyosli hujumlaridan beri birinçi marta Rossiya bilan muzokaralar olib borişga tayyor ekaniga şama qilgan. Prezident Moskvaga joriy yilning noyabr oyida ötkazişga umid qilayotgan navbatdagi tinçlik sammitiga delegatsiya yuborişni ham taklif qilgan.


×