JÇ-2026 da kelişilgan öyinlar böldimi?

JÇ-2026 da kelişilgan öyinlar böldimi?

FIFA 2026 yilgi Jahon çempionati davomida kelişilgan öyinlar yoki şubhali pul tikiş faoliyatiga oid heç qanday dalil aniqlanmaganini maʼlum qildi. Bu haqda SBC News naşri xabar berdi.

Manbaga köra, FIFA’ning musobaqalar yaxlitligini taʼminlaş böyiça işçi guruhi mundial davomida ötkazilgan barça uçraşuvlarni doimiy nazorat ostida saqlagan. Mutaxassislar pul tikiş bozorlarini va musobaqadagi barça 104 ta öyinni real vaqt rejimida kuzatib borgan.

Rasmiy xabarga köra, uçraşuvlar natijalarini sunʼiy ravişda özgartiriş yoki kelişilgan öyinlarga oid heç qanday holat qayd etilmagan.

Işçi guruh faoliyatida AQŞ, Kanada va Meksika futbol konfederatsiyalari hamda milliy federatsiyalari vakillari bilan bir qatorda AQŞ Federal qidiruv byurosi (FBI), Interpol, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi (UNODC), Yevropa Kengaşi, Sportradar, Xalqaro stavkalar yaxlitligi assotsiatsiyasi (IBIA) hamda boşqa xalqaro taşkilotlar mutaxassislari iştirok etgan.

Eslatib ötamiz, 2026 yilgi Jahon çempionati AQŞ, Kanada va Meksika mezbonligida ötkazildi. Finalda Ispaniya qöşimça vaqtda Argentinani 1:0 hisobida mağlub etib, jahon çempioniga aylangan edi. Frantsiya terma jamoasi hujumçisi Kilian Mbappe 10 ta gol bilan musobaqaning eng yaxşi töpurari böldi. Ispaniyalik yarim himoyaçi Rodri esa turnirning eng yaxşi futbolçisi deb topilib, “Oltin töp” mukofotiga sazovor böldi.


Teglar:
×