HAMAS yetakçisi uzoq jimlikdan söng ommaviy bayonot bilan çiqdi

HAMAS yetakçisi uzoq jimlikdan söng ommaviy bayonot bilan çiqdi

HAMAS rahbari Yahyo Sinvar 7 oktyabrdan beri ilk bor Isroilga qarşi uruş borasida bayonot bilan çiqdi. Bir neça arab naşrlari tomonidan çop etilgan bayonotda Sinvar HAMAS iştirokidagi «şafqatsiz va misli körilmagan jang» haqida gapirgan.

«Bugun biz Isroilga qarşi qattiq va misli körilmagan jang olib bormoqdamiz va biz heç qaçon bosib oliş şartlariga böysunmaymiz», – deydi u Ğazo siyosiy rahbariyatiga murojaatida.

Isroil harbiylari Ğazoda harbiy amaliyotlar ötkazayotganiga qaramay, Sinvar HAMAS duşman armiyasini yöq qiliş yöliga ötganini aytadi va mingdan ortiq isroillik askar öldirilganini, yuzlab harbiy texnika yöq qilinganini bildiradi.

«Uruş paytida al-Qassam batalonlari kamida 5 ming isroillik askar va zobitga hujum qildi. Ularning uçdan bir qismi halok böldi, yana uçdan bir qismi oğir yaralandi, oxirgi uçdan bir qismi esa jang maydoniga qaytmaydigan darajada nogiron bölib qoldi. Harbiy maşinalarga kelsak, ularning 750 tasi töliq yoki qisman yöq qilindi», – degan u.

Isroil tomoni esa, öz navbatida, rasman 150 ta askarini yöqotganini xabar qilgan.

Wall Street Journal naşrining isroillik yuqori martabali harbiy amaldorga tayanib xabar qilişiça, HAMAS hozirda harbiy taktikasini özgartirişga harakat qilyapti. Harakat aʼzolari hozirda atigi ikki-beş nafar jangçidan iborat kiçik guruhlarda harakat qilib, TSAXAL askarlariga hujum uyuştirib, söng Ğazo tunnellariga yaşirinmoqda.


Teglar:
×