Afğoniston tumanlarini egallayotgan “Tolibon” bayonot bilan çiqdi

Afğoniston tumanlarini egallayotgan “Tolibon” bayonot bilan çiqdi

Sönggi vaqtlarda faol harbiy harakatlar olib borayotgan “Tolibon” harakati Afğoniston hukumati va boşqa barça tomonlar bilan tinç kelişuvga erişmoqçi ekanini eʼlon qildi. Bu haqda harakat matbuot kotibi Suxayl Şohinning bayonotida söz borgan. Bu haqda “ABC News” xabar berdi.

“Baʼzi viloyatlarning faqatgina markazi rasmiy Kobul nazoratida, ammo atrofidagi tumanlar biz tomonimizdan egallangan. Umumiy hisobda (bunday hududlar – tahr.) bizning nazoratimizdagi hududlarning 80 foizini taşkil qiladi”, deydi Şohin.

Uşbu bayonotning töğriligini tekşiriş mumkin emas, çunki köp joylar tez-tez qöldan qölga ötib turadi va Afğoniston rasmiylari bu masala böyiça matbuotga izoh bermaydilar.

Şohin şuningdek, uning jamoasi sönggi harbiy yutuqlarga qaramay tinçlik muzokaralariga sodiqligini taʼkidlagan.

“Bizning siyosatimiz Kobul maʼmuriyati va barça afğon tomonlari bilan tinçlikka erişiş hisoblanadi. Uşbu siyosat özgarmadi”, deydi “Tolibon” vakili.

“Tolibon” vakili ularning Afğonistonni “bosib oliş”ni töxtatiş va “Islomiy hukumatni barpo etiş” haqidagi talablari muhokama qilinmasligini taʼkidladi.

Amerika qöşinlar 11 sentyabrga qadar olib çiqilmasa, nima böladi, degan savolga Şohin “agar ular sözlariga sodiq bölsa, bu ularning işonçliligi va imijiga foyda keltiradi. Agar ular orqaga çekinmasa, kuraş davom etadi”, deya javob qaytardi.

Faollaşib qolgan “Tolibon”

Qayd etiş kerakki, AQŞ öz qöşinlarini Afğonistondan olib çiqişni boşlagandan beri “Tolibon” keskin harakat qilmoqda. Tasdiqlangan maʼlumotlarga köra, sönggi ön kun içida Afğonistonning Tojikiston bilan çegaradoş tört viloyatida hukumat kuçlari va “Tolibon” örtasida töqnaşuvlar bölgan.

Natijada Tahor viloyatining Çaheb, Yangi Kalʼa, Darkad, Daşti Qalʼa, Xojağor tumanlari, Qunduz viloyatining Daşti Arçi, Imom Sohib va Qalʼai Zol tumanlari, şuningdek Şerxon-Bandar va Kokul nazorat punktlari “Tolibon” nazorati ostiga ötdi. BMT maʼlumotiga köra, 22 iyun holatiga Afğonistonning 50 dan ortiq tumanini egallagan. 

Sönggi kunlarda toliblar bilan janglarda oğir zarbaga uçragan afğon qöşinlarining qöşni respublikalar hududiga qoçib ötiş holatlari kuzatildi. Jumladan, joriy yilning 22 iyun kuni 130 dan ortiq afğon harbiylari çegaradoş Tojikistonga, 23 iyun kuni esa ularning 53 nafari Özbekistonga qoçib ötgan.

Eslatib ötamiz, joriy yilning may oyida AQŞ Afğonistondan öz qöşinlarini olib çiqiş işlarini boşlab yubordi. Şu vaqtgaça Amerika öz harbiy kontingentining uçdan bir qismini bu mamlakatdan olib çiqib ketdi.  

Maʼlumot örnida, 2020 yil fevral oyi oxirida AQŞ va “Tolibon” tinçlik şartnomasini imzoladi. Kelişuvga köra, Amerika qöşinlari şartnoma tuzilganidan 14 oy ötgaç, aniqroği 2021 yilning mayigaça Afğonistonni tark etişi kerak edi. Biroq bu jarayonning “start” olişi biroz keçikdi.

Joriy yilning 14 aprel kuni Prezident Jo Bayden AQŞning Afğonistondagi missiyasi yakunlanganini va 1 maydan boşlab uşbu mamlakatdan qöşinlarini olib çiqişni boşlaşini eʼlon qildi. Unga köra, qöşinlarni olib çiqib ketiş 11 sentyabrgaça yakunlanişi kerak.

×