Joriy yilning 21-22 dekabrida Özbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlaridan nam va sovuq havo oqimlari kirib kelişi kutilmoqda.
Bu haqda «Özgidromet» şoşilinç axborot eʼlon qildi.
21 dekabrda respublika hududlari böyiça şamol kuçayişi kutilmoqda:
Qoraqalpoğistonda, Xorazm, Toşkent, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida 17-22 m/s gaça;
Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qaşqadaryo viloyatlarida 17-22 m/s gaça, baʼzi joylarda 25-28 m/s gaça kuçayişi mumkin.
Andijon, Namangan, Farğona viloyatlarida kuçli şamollar kutilmaydi.
21-22 dekabrda respublikaning baʼzi joylarida yomğir yoğadi, toğ oldi va toğli hududlarida kuçli bölişi mumkin.










