HAMAS yetakçisi ilk bor oçiq bayonot berdi

HAMAS yetakçisi ilk bor oçiq bayonot berdi

HAMASning Ğazo sektoridagi yetakçisi Yahyo Sinvar uruş boşlanganidan beri birinçi marta oçiq bayonot berdi. 

“Biz zudlik bilan mahbuslar almaşinuvi böyiça bitim tuzişga tayyormiz, bunda Isroil qamoqxonalaridagi barça falastinlik mahbuslar evaziga HAMAS qöl ostidagi barça mahbuslar ozod qilinadi”, deydi Sinvar.

Uning bu taklifni HAMASning harbiy qanoti – “Al-Qassam brigadalari” ham ilgari surgan. 

“Bizning qölimizdagi köp sonli garovga olinganlar uçun duşman tölaşi kerak bölgan tovon barça falastinlik mahbuslarni Isroil qamoqxonalaridan ozod qilişdir”, degan harbiy qanot matbuot kotibi Abu Obeyda. 

Aytiş joiz, bu Sinvarning Isroil-Falastin örtasidagi keng kölamli qurolli töqnaşuvlar boşlangan kun – 7 oktyabrdan beri ilk ommaviy bayonoti hisoblanadi. 

Eslatib ötamiz, keça, 28 oktyabr kuni Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu uruşning ikkinçi bosqiçi boşlanganini eʼlon qilgan edi. Netanyaxuning maʼlum qilişiça, uruşning birdan-bir maqsadi HAMAS harakatini batamom yöq qiliş va garovga olingan isroilliklarni ozod qilişdir. 

Şuningdek, Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galant Netanyaxuning sözlariga qöşimça qilib, HAMAS tobora zaiflaşib borayotgani va Isroil mudofaa kuçlarining har-bir zarbasi uning asirdagilarni birma-bir ozod qilişga rozi bölişiga olib kelayotganini aytdi.


×