Allamjonov bayonot bilan çiqdi (video)

Allamjonov bayonot bilan çiqdi (video)
https://www.youtube.com/watch?v=sERqrp-Cdrg

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov rasmiy bayonot bilan çiqdi. Bayonotda tarqatilayotgan xabarlarning haqqoniyligi va boşqa biror kimning şaxsiyatiga tegmasligi kerakligi taʼkidlangan.

“Sizga yaxşi maʼlumki, respublikamizda söz erkinligini taʼminlaş, erkin fikr yuritiş uçun huquqiy himoyani kuçaytiriş, davlat idoralarining oçiqligini taminlaş, blogerlik mavqeini kötariş, barça toifadagi OAV xodimlarini himoya qiliş borasida talaygina iş qilindi va qilinmoqda.

Bu ularni ommalaşişiga, xalq orasida hurmat qozongan holda amalda törtinçi hokimiyat darajasiga sekin asta bölsa-da, kötarilişiga olib kelmoqda. Bunga hammamiz guvoh bölib turibmiz. Tan olib aytiş kerakki, bugun har bir smartfon egasi erta tongdanoq uyğonişi bilan telefoni orqali birinçi bölib ijtimoiy tarmoqlarga kiradi yoki yangiliklarni öqiydi. Va şu tariqa har birimiz elektron axborot maydonining taʼsiriga tuşib bormoqdamiz. Kimlardir bu maydonda iştirokçi, kimlardir uning qurboni, kimlardir esa kuzatuvçi. Mobil telefonidan foydalanuvçilar sonining 20 milliondan ortib borayotganini inobatga olsak, axborot siyosati sohasidagi masʼul davlat organi bölgan bizning agentligimiz bu masalaga befarq böla olmaydi va uni öz holiga ham taşlab qöya olmaydi. Gap bizning davlatçiligimiz, xalqimizning tinçligi, xotirjamligi va, qolaversa, davlatimiz ravnaqi haqida bormoqda.
 
Lekin, ming afsuski, ular orasida oxirgi paytda haqoratli sözlar, tuhmatli gaplar, sökinişlar, obrösizlantiruvçi fikrlar keskin köpayib bormoqda. Bunday izohlar, öz navbatida, har bir fuqaroga salbiy taʼsir körsatib, yolğon maʼlumotlar şakllanişi, odamlarimiz orasida turli miş-mişlar paydo bölişiga olib kelmoqda. Eng yomoni bularning aksariyati bir guruh trollar yoki feyk, yaʼni, soxta akkauntlar tomonidan uyuştirilmoqda. Bularning ortida nima maqsad yotgani, bu guruhlar kimga qaraşli ekani katta savol tuğdiradi. 

Ming afsuski, uşbu muammo nafaqat Özbekiston balki butun dunyo mamlakatlarining boş oğriğiga aylangan. Sizga yaxşi maʼlumki, turli ommaviy tartibsizliklarning barçasi uşbu resurslar yordamida amalga oşiriladi. Yaqin qöşni davlatlar, umuman dunyo hamjamiyati ham uşbu muammo bilan qattiq kuraşib kelmoqda”, deyilgan bayonotda.

Taʼkidlanişiça, buning yeçimi bor. Bu jamiyatda qonun va qonun ustuvorligini taminlaş hamda huquqiy bilim va madaniyatni oşiriş.

“Demokratiya va söz erkinligi – bu istalgan narsani qonunga xilof ravişda, heç qanday masʼuliyatni his qilmasdan aytaveriş degani emas. Söz erkinligi bu avvalo qonunga amal qiliş, aytilgan har bir söz uçun javob bera oliş masʼuliyati.

Juda köplab xorijiy davlatlarning yetakçi ommaviy axborot vositalari faoliyati örganilganda, aynan şu mezonga qatʼiy amal qilinişini köramiz. Har bir jurnalist, bloger OAV orqali aytayotgan gapi, berayotgan maʼlumoti uçun qonun oldida javobgardir. Bu norma rivojlangan davlatlar qonunçiligida ham, Özbekiston Respublikasining axborot sohasiga oid qonunlarida ham qatʼiy belgilab qöyilgan.

Bir söz bilan aytganda, bundan buyon har bir OAV, blogerlar, ijtimoiy tarmoqlar va mobil messendjerlardagi guruhlar moderatorlari nafaqat özlari yozgan maʼlumotlarda yuqoridagi talabga rioya qilişlari, balki ular ostidagi fuqarolar feyk akkauntlar yoki trollar tomonidan yozilayotgan davlat axborot xavfsizligiga tahdid soluvçi buzğunçi şarhlar, haqoratli sözlar, tahqirlaşlar, yolğon izohlar uçun ham qonunda belgilangan tartib asosida javobgar bölişlarini eslatib ötmoqçimiz. Sizdan faqatgina qonunçilikdan kelib çiqqan holda bunday maʼlumotlarni ötkazmaslik yoki sahifangiz ostida yozilgan bölsa uni zudlik bilan öçirib taşlaş amaliyotini yölga qöyiş söralmoqda. 

Hurmatli hamkasblar, barçangizni yurtimizda söz va fikr erkinligi, qonun ustuvorligini taʼminlaş uçun axborot sohasida bölayotgan turli nosoğlom jarayonlarga qarşi birlaşib harakat qilişga çaqiramiz”, deya yakunlanadi bayonot.Sunnatilla Abdullayev

×