25 dekabr kuni qabul qilingan yangi qaror bilan Özbekistonda avtomototransport vositalarini sotiş qoidalariga özgartirişlar kiritildi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.
Özbekistonda yangi avtomototransport vositalarini çakana sotiş tartibini yanada takomillaştiriş hamda isteʼmolçilarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori eʼlon qilindi. Yaʼni Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan Özbekistonda çakana savdo qoidalari quyidagi mazmundagi 119-1-band bilan töldirildi:
"Sotuvçi oldi-sotdi şartnomasini tuzişda barça isteʼmolçilarga teng imkoniyatlarni yaratadi.
Agar bozorda ustun mavqega ega sotuvçida özi tomonidan işlab çiqarilgan avtomototransport vositasini sotişda içki bozordagi talabni qondiriş imkoniyati mavjud bölmaganda, bir şaxs bilan 12 oy davomida avtomototransport uçun ikkitadan ortiq şartnoma tuzilganda, sotuvçi keyingi 12 oy mobaynida uşbu mahsulot uçun qayta şartnoma tuzişdan boş tortiş huquqiga ega", deyiladi yangi bandda.









