Şavkat Mirziyoyev ayrim qonun va kodekslarga özgartiriş kiritiş böyiça qonunga imzo çekdi

Şavkat Mirziyoyev ayrim qonun va kodekslarga özgartiriş kiritiş böyiça qonunga imzo çekdi

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonunni imzoladi. Uşbu özgariş asosan maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga kiritiladi.

Internetda fuqarolarning şaxsga doir maʼlumotlariga işlov berilayotganda Özbekistonda joylaşgan texnik vositalarda hamda şaxsga doir maʼlumotlar bazalarida şaxsga doir maʼlumotlarni yiğişga, tizimlaştirişga va saqlaşga oid talablarga rioya etmaslik fuqarolarga BHMning 7 baravari (1 million 890 ming söm), mansabdor şaxslarga esa 50 baravari (13 million 500 ming söm) miqdorida jarima solişga sabab böladi.

Şuningdek, Jinoyat kodeksiga kiritilgan özgartirişga köra, uşbu qilmiş maʼmuriy jazo qöllangandan söng bir yil davomida takroran sodir etilgan taqdirda, quyidagi jazo çoralaridan biri qöllanadi:

BHMning 150 baravarigaça (40 million 500 ming sömgaça) miqdorda jarima;

3 yilgaça muayyan huquqdan mahrum qiliş;

2 yilgaça axloq tuzatiş işlari.

Maʼlumot uçun, uşbu özgartirişlar qonun kuçga kirgan kundan eʼtiboran 3 oy ötgaç amalga kiritiladi.

×