Özbekistonda avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalari faoliyatiga vaqtinça özgartiriş kiritildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-son qarorining “Tabiiy gazdan foydalaniş qoidalari”, 7–bob 58-bandi hamda ulgurji va Avtomobillarga gaz töldiriş kompressor stantsiyalariga tabiiy gaz yetkazib beriş töğrisida rasmiylaştirilgan ikki tomonlama şartnoma şartlaridan kelib çiqib, viloyat hokimliklari tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalarida çeklovlar joriy qilinadi.
“Bundan maqsad – birinçi navbatda tabiiy gaz yetkazib berilişi muhim hisoblangan aholi, şifoxona, maktab hamda maktabgaça taʼlim taşkiloti kabi ahamiyatga ega muassasalar, şuningdek, elektr energiyasi işlab çiqaruvçi yirik stantsiyalarning tabiiy gaz taʼminotida barqarorligini taʼminlaşdan iborat.
Hurmatli isteʼmolçilar, vaktinçalik çeklov çoralari havo harorati biroz kötarilgunga qadar davom etadi hamda AGTKŞ tez orada avvalgi tartibda işlaş rejimiga ötişini maʼlum qilamiz”, deyiladi vazirlik xabarida.
Xususan, 17 noyabr kuni Namangan Viloyati Gaz taʼminoti binosida bolib ötgan yigilişda Avtomobillarga gaz töldiriş kompressor stantsiyalari soat 06:00 dan soat 18:00 ga qadar işlaşi malum kilingan.









