Vazirlar Mahkamasining “Qurol muomalasi sohasida litsenziyalaş va ruxsat beriş tartib-taomillari takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan:
- yuridik va jismoniy şaxslar uçun fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning öq-dorilarini oliş, realizatsiya qiliş, saqlaş, olib yuriş, taşiş, kollektsiyalaş, qörgazmaga qöyiş, respublika hududiga olib kiriş va olib çiqiş, respublika hududi orqali tranzit qilişga doir ruxsatnomalar pasportlari;
- fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning öq-dorilarini işlab çiqiş, taʼmirlaş va realizatsiya qiliş faoliyatini litsenziyalaş pasporti tasdiqlanmoqda.
Şuningdek, qaror bilan tungi vaqtda faoliyat yurituvçi umumiy ovqatlaniş korxonalari va köngiloçar obʼektlar tomonidan videoyozuvlarni majburiy saqlaş muddati 30 kundan 15 kunga qisqarmoqda. Bundan taşqari, endilikda tungi vaqt faoliyat yurituvçi obʼektlar röyxati mahalliy hokimiyatlarning saytlarida joylaştiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2024 yil 2 iyuldan kuçga kirdi.
Özbekistonda “Qurol töğrisidagi” qonun 2019 yil 29 iyulda prezident tomonidan imzolangan. Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning öq-dorilarini işlab çiqariş, taʼmirlaş va realizatsiya qiliş böyiça faoliyat faqat Özbekiston hududida belgilangan tartibda röyxatdan ötgan yuridik şaxslar tomonidan amalga oşiriladi. Özbekistonda noqonuniy saqlangan qurollarni öz ixtiyori bilan IIVga topşirganlarga pul mukofoti beriladi.
2022 yilda “Prokuratura töğrisida”gi qonunga kiritilgan özgartirişlarga köra, prokuratura organlari xodimlari xizmat quroli va şaxsiy himoya vositalarini qonunçilikda belgilangan tartibda saqlaş, olib yuriş hamda ulardan foydalaniş huquqiga egaligi belgilangandi (ilgari faqatgina olib yurişi mumkinligi körsatilgan).









