Özbekiston zöravonlik kuzatilgan oilalarda yaraşiş muddatisiz er-xotinni ajratiş rejalaştirilmoqda

Özbekiston zöravonlik kuzatilgan oilalarda yaraşiş muddatisiz er-xotinni ajratiş rejalaştirilmoqda

Özbekiston zöravonlik kuzatilgan oilalarda yaraşiş muddatisiz er-xotinni ajratiş rejalaştirilmoqda. Bu haqda “Oilalarni mustahkamlaş va xotin-qizlarning faolligini oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarorida közda tutilgan.

Qarorga köra, Vazirlar Mahkamasi va Oliy sud bilan birgalikda ikki oy muddatda jinoiy oilaviy (maişiy) zöravonlik qurbonlariga nisbatan jabrlanuvçining talabiga köra sud tomonidan nikohdan ajratiş töğrisidagi işlarning soddalaştirilgan tartibda, yaʼni, sud mahalladagi xotin-qizlar faolining fikrini inobatga olgan holda er va xotinning bundan buyon birgalikda yaşaşiga imkoniyat yöq deb topsa, işni körişni keyinga qoldirmasdan hamda yaraşiş uçun muhlat tayinlamasdan hal qiliş qarorini çiqarişni nazarda tutuvçi qonun loyihasini işlab çiqib, Qonunçilik palatasiga kiritişi lozim.

Qonun loyihasida sudda uy-joyga majburan kiritiş bilan boğliq daʼvolar körilayotganda, uy egasining talabiga köra majburiy tartibda kiritilayotgan taraf uy egasiga tegişli mutanosib şaroitga ega boşqa yaşaş joyiga yoki uy egasi tomonidan ijara haqi tölab turiladigan yaşaş joyiga kiritib qöyiş imkoniyati ham közda tutilişi lozim.

Vazirlar Mahkamasi va Oliy sudga, şuningdek, yon şajara böyiça yaqin qarindoşlar örtasida tuzilgan nikohlardan nogiron farzandlar tuğilişi xavfi töğrisida amaliyot va xorijiy tajribani çuqur örgangan holda, bunday nikohlar kelajak avlod salomatligi uçun salbiy taʼsir etadigan bölsa, yon şajara böyiça yaqin qarindoşlar örtasida nikoh tuziş maqsadga muvofiq emasligi yuzasidan taklif kiritiş topşirildi.

Facebook

Twitter

LinkedIn

Telegram


×