Özbekiston hududida eskirgan avtomaşinalarni bosqiçma-bosqiç foydalanişdan çiqariş reja qilingan. Bu haqda Içki işlar vazirligi Jamoat xavfsizligi boşqarmasi Yöl harakati xavfsizligi xizmati boşliği Şerzod Ibragimov 9 iyul kuni Prezident bilan bölib ötgan uçraşuvdan söng “Özbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.
“Bizning takliflarimizni muhtaram Prezident maʼqulladi. Gap uzoq yillardan buyon işlab kelayotgan va eskirgan transport vositalari böyiça olib boriladigan işlar yönalişini alohida belgilaş, qonunçilikka zarur özgartirişlar kiritiş haqida bormoqda. Bu borada Senat va Oliy Majlis vakillari bilan hamkorlikda iş olib boramiz”, dedi Şerzod Ibragimov.









