Joriy yilning 15 sentyabr kuni huquqni muhofaza qiluvçi idoralar tomonidan Toşkent şahrining Olmazor tumanida yaşovçi 10 nafar «Xizb ut-Tahrir» diniy ekstremistik taşkiloti aʼzolarining jinoiy faoliyatiga çek qöyildi. Bu haqida IIV Terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş boş boşqarmasi xabar berdi.
Uşbu aniqlangan «tahrirçilar»ning barçasi muqaddam mazkur taşkilot safida sodir etgan jinoyati uçun jazo muddatini ötab çiqqan şaxslar hisoblanadilar. Ular Internet tarmoği orqali xorijda yaşirinib kelayotgan «Xizb ut-Tahrir» DET aʼzolari bilan aloqa qilib, ularning körsatmalari asosida aholi orasida taşkilot ğoyalarini tarğib qiliş va tarafdorlari safini kengaytiriş bilan şuğullanib kelganlar.
Mazkur şaxslarning yaşaş manzillari va uyali aloqa vositalarida «Xizb ut-Tahrir» DETga tegişli bölgan adabiyotlar va materiallar mavjudligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olib qöyilgan.
Hozirda ularning noqonuniy xatti-harakatlariga huquqiy baho beriş va javobgarlikka tortiş maqsadida, tergov-suriştiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.
«Xizb ut-Tahrir» diniy ekstremistik taşkiloti safida faoliyat olib boriş, ğoyalarini qöllab-quvvatlaş, materiallarini tayyorlaş, saqlaş hamda tarqatiş jinoiy javobgarlikka tortilişga sabab böladi.









