Toşkent tumani hududida “Katiba Tavhid val-Jihod” terroristik taşkilotining yaşirin jamoati aʼzolari qölga olindi. Bu haqda IIBB Axborot xizmati rahbari Bobur Tulyaganov xabar bermoqda.
Maʼlum bölişiça, joriy yilning 23 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi DXX va IIV tomonidan Toşkent viloyatining Toşkent tumanida ötkazilgan tezkor tadbir davomida “KTJ” terroristik taşkilotining yaşirin jamoati aʼzolari, mazkur taşkilot ğoyalarini tarğib qiliş bilan şuğullanib kelayotganliklari aniqlandi va ular qölga olindi.
Ular jamoat bölib şakllanişlari davomida turli diniy ekstremistik va terroristik taşkilotlarning ğoyaviy rahnamolari hisoblangan “Abdulloh Zufar” va “Sodiq Samarqandiy”ning audio va video maʼruzalarini tarqatgan holda saflarini kengaytiriş bilan şuğullanişgan.
Bundan taşqari, jamoat aʼzolari Suriyadagi jangarilarga yordam beriş maqsadida moddiy mablağlarni töplab kelişgan va ularning saflariga qöşilişni maqsad qilişgan. Mazkur holat yuzasidan Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq xalqaro terroristik taşkilotga aloqadorligi uçun qidiruvda bölgan, 1995 y.t. “S.S.” Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan xorijdan Özbekistonga olib kelinganligi haqida xabar berilgan edi.









