Qodirovning buyragi işdan çiqqan. Kreml Çeçenistonga yangi rahbar qidirmoqda – Ukraina razvedkasi

Qodirovning buyragi işdan çiqqan. Kreml Çeçenistonga yangi rahbar qidirmoqda – Ukraina razvedkasi

Çeçeniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirovning soğliği buyragining işlamasligi tufayli yomonlaşgan va buning ortidan mamlakatga yangi rahbar tayinlanişi mumkin. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi razvedkasi maʼlumotlariga tayanib, “Ukrinform” xabar berdi.


Qayd etilişiça, buyraklari işlamasligi sababli Qodirov hozirda dializ protsedurasida (qonni tozalaş jarayonida). Şifokorlar heç qanday prognoz bera olmayapti. Ukraina Mudofaa vazirligi razvedkasidagi manbalarga köra, hozirda Qodirov oila aʼzolari bilan Çeçenistondagi şaxsiy şifoxonasida davolanmoqda. Yaqinlari, jumladan, boşqa davlatlardan kelgan qarindoşlari ham hozirda uning yonida. 

Manbaga köra, Qodirov soğliğining yomonlaşuvi fonida Çeçenistonning yangi rahbari nomzodini aniqlaş jarayoni sezilarli darajada faollaşgan. Şuningdek, Kreml uçun eng qulay nomzodlar sifatida Magomed Daudov, Apti Alouddinov va Ramzan Qodirovning katta öğli Ahmad Qodirov tilga olinmoqda. 

Maʼlumot uçun, Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov özining 20 yoşli öğli Ahmadni respublika hukumatining boş örinbosari vazifasini bajaruvçi lavozimiga tayinlagandi.


Teglar:
×