Ramzan Qodirovning öğli va Hamzat Çimayev avtohalokatga uçradi – OAV

Ramzan Qodirovning öğli va Hamzat Çimayev avtohalokatga uçradi – OAV

Bugun, 16 yanvar kuni Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirovning öğli Adam Qodirovning korteji Grozniy şahrida oğir yöl-transport hodisasiga uçragani aytilmoqda. Şu sababli respublika poytaxti hozirça “yopilgan”, Adamning özi esa respublika şifoxonasida reanimatsiya bölimida va uni Moskvaga olib ketişga tayyorgarlik körilmoqda. Bu haqda çeçen muxolif Telegram-kanali NIYSO öz manbalariga tayanib yozmoqda.

Dastlab, sahifa yöl-transport hodisasiga Çeçeniston rahbarining özi yoki uning öğli uçragan bölişi mumkinligini yozgan, keyinroq esa gap aynan Adam haqida ketayotganini aniqlaştirgan.

Kanal maʼlumotiga köra, kortej juda yuqori tezlikda harakatlanayotgan bölgan va "tösatdan tösiqqa duç kelgan". Avariya vaqtida maşinalar "bir-biriga urila boşlagan", oqibatda, sahifaning yozişiça, köplab odamlar jabrlangan. Biroq Çeçenistonda hozir kuzatilayotgan "sarosima"ga aynan Qodirovning öğli YTH iştirokçisi bölgani sabab bölgan.

Bundan taşqari, kanal maʼlumotiga köra, maşinada çeçen aralaş yakkakuraşlar jangçisi Hamzat Çimayev ham bölgan. Ijtimoiy tarmoqlarda Çimayevning halok bölgani haqida miş-mişlar tarqalmoqda.

Keyinroq kanal “avariya” vaqtida Çimayev Qodirovning öğli bilan birga bölganini tasdiqlaşning imkoni bölmaganini aniqlaştirdi.

“Biroq jabrlanganlar orasida bosqinçi hokimiyatning yana bir yuqori lavozimli vakilining öğli ham borligi maʼlum böldi”, deyiladi xabarda.

Şu bilan birga, ASTRA’ning yozişiça, Qodirov öğlining korteji iştirokidagi YTH haqidagi maʼlumot hozirça boşqa manbalar tomonidan tasdiqlanmagan.


×