Keça, 2 martk uni Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaga qarşi uruş boşlanganidan beri ilk marta yöqotişlarini oçiqladi. Idoraga köra, 24 fevraldan beri 498 kişi harbiy harakatlarda halok bölgan, 1,5 mingdan ortiq odam jarohatlangan. Bu haqda Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konaşenkov maʼlum qildi.
“Afsuski, maxsus harbiy operatsiyada qatnaşayotgan safdoşlarimiz orasida talafotlar bor. 498 nafar rossiyalik harbiy xizmatni bajariş çoğida halok böldi. Halok bölganlarning oilalariga har tomonlama yordam körsatilmoqda. 1597 nafar safdoşimiz jarohat oldi”, degan u.
Konaşenkov ruslar orasida asir tuşganlar bor-yöqligini aytmagan. Unga köra, harbiy xizmatga çaqiriluvçilar yoki kursantlar uruşda qatnaşmaydi.
RF Mudofaa vazirligi Ukrainaning yöqotişlari haqida ham maʼlumot bergan. Konaşenkovga köra, Ukraina tomonining yöqotişlari ança yuqori.
“Ukraina kuç tuzilmalarining harbiy xizmatçilari orasida 2870 dan ortiq kişi halok böldi, 3700 ga yaqini yaralandi. Faqat tasdiqlangan maʼlumotlarga köra, Ukraina huquq-tartibot idoralarining qölga olingan harbiy xizmatçilari soni 572 kişini taşkil etadi”, degan Mudofaa vazirligi vakili.
Umuman olganda, operatsiya davomida Rossiya kuçlari Ukraina hududidagi 1533 ta obʼektga zarba bergan, şu jumladan Ukraina Qurolli Kuçlarining 54 ta qömondonlik punkti va aloqa markazlari, S-300, “Buk M-1” va Osa kabi havo mudofaasining 39 ta zenit-raketa tizimlari şuningdek, 52 radar stantsiyalariga.
Mudofaa vazirligi vakilining sözlariga köra, janglar davomida yerda 47 ta samolyot va havoda 13 ta samolyot, 484 ta tank va boşqa zirhli jangovar maşinalar, 63 ta köp sonli raketalar, 217 ta artilleriya va minomyotlar, 336 ta maşina va 47 ta dron yöq qilingan.
Ukraina tomoni Rossiyaning mamlakatdagi yöqotişlari borasida ançayin farqli maʼlumot bergan. Kiyev maʼlumotlariga köra, uruş boşlanganidan beri Rossiya qöşinlaridan 5840 nafarini yöqotgan.
Harbiy harakatlar boşlanganidan buyon Rossiya Qurolli kuçlarining 30 ta samolyot va 31 ta vertolyoti, şuningdek, 9 ta havo mudofaa tizimi, 40 ta raketa tizimi va yuzlab harbiy texnikasi urib tuşirilgan.
Taʼkidlanişiça, yöqotişlarni hisoblaş jangovar harakatlarning yuqori intensivligi bilan murakkablaşmoqda.









