HAMAS va Isroil örtasida Ğazo sektorida öt oçişni töxtatiş kelişuvi kuçga kirdi. Bu haqda “Al-Hadath” telekanali xabar berdi.
Mojaro tomonlari örtasida Falastin anklavida tört kunlik sulh tuziş haqidagi kelişuv mahalliy vaqt bilan soat 07:00 da (Toşkent vaqti bilan 10:00) kuçga kirdi. Telekanal hozirça vaziyat tinçligiça qolayotgan sektorning maʼmuriy markazi – Ğazo şahrini jonli efirda namoyiş etmoqda.
“The Times of Israel” gazetasi ham Isroil va HAMAS örtasida Qatar vositaçiligida Ğazo sektorida tuzilgan tört kunlik gumanitar sulh kuçga kirganini tasdiqlagan.
“Vaqtinçalik öt oçişni töxtatişga bir neça soat qolganda, Isroil armiyasi matbuot xizmati ikki marta Falastin anklaviga çegaradoş hududlarda sirenalar çalinayotgani haqida xabar berdi”, deb yozadi gazeta.
Eslatib ötamiz, 22 noyabrga ötar keçasi bir neça soatlik muhokamalardan söng, Isroil va HAMAS örtasida 4 kunlik sulhga kelişilgandi. Unga köra, 50 nafar garovdagi şaxs evaziga Isroil qamoqxonalaridagi 150 nafar falastinlik ozodlikka çiqarilişi, 4 kun davomida har ikki tomon ham öt oçişni töxtatişi belgilangandi.









