Falastinning Ğazo sektorida uzoq kutilgan sulh kuçga kirdi

Falastinning Ğazo sektorida uzoq kutilgan sulh kuçga kirdi

Falastinning Ğazo sektorida öt oçişni töxtatiş rejimi belgilanganidan bir neça soat keçikib amal qila boşladi. Bunga, avvalroq xabar qilinganidek, Isroil tomonining HAMASdan garovga olinganlar röyxatini talab qilgani va talabi bajarilmagunigaça öt oçişni töxtatmaslik haqidagi qarori sabab bölgan.

Netanyahu idorasiga yaqin manbaning maʼlum qilişiça, Isroil söroviga nisbatan kerakli röyxatni qabul qilib olgan va otaşkesimga erişişga doir sulh Toşkent vaqti bilan 14:15dan amal qila boşlagan.

Mazkur sulhning 42 kun davom etadigan birinçi bosqiç doirasida Isroil garovdagi 33 fuqarosini qaytarib oladi va buning evaziga qamoqxonalardagi 700 nafar falastinlikni qöyib yuboradi.

Isroil OAVlarining yozişiça, HAMAS şanba kuni garovdagilarni qöyib yuborişni boşlaydi va ular bilan almaştiriladigan falastinliklar röyxatini juma kuni taqdim qiladi.


Teglar:
×