Bugun, 21 yanvardan «Aholi bandligi töğrisida»gi Qonun kuçga kirdi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qonunga köra, işsizlik nafaqasi 12 oylik davr içida köpi bilan 26 hafta davomida tölanadi.
Işsizlik nafaqasi miqdori quyidagiça oşiriladi:
- işdan va iş haqidan (mehnat daromadidan) sönggi 12 oylik davr içida mahrum bölgan şaxslarga – avvalgi iş joyidagi örtaça oylik iş haqining 50 foizi miqdorida, lekin mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori (MHEKM – 679 330 söm)dan oz bölmagan miqdorda;
- işdan va iş haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bölgan hamda uzoq (1 yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boşlaşga harakat qilayotgan şaxslarga – MHEKMning 1 baravari miqdorida;
- ilgari işlamagan, birinçi marta iş qidirayotgan şaxslarga – MHEKMning kamida 75 foizi miqdorida.









