Finlyandiya Içki işlar vazirligi Rossiya Federatsiyasi bilan çegarani butunlay yopiş töğrisidagi qonun loyihasini işlab çiqmoqda. Bu haqda MTV3 telekanali öz manbalariga asoslanib xabar berdi.
«Bizdagi maʼlumotlarga köra, Içki işlar vazirligi allaqaçon butun şarqiy çegarani yopiş töğrisida qaror tayyorlamoqda. Bu Finlyandiyada boşpana izlovçilarning soni köpaygan taqdirda zaxira çorasi sifatida amalga oşirilmoqda», — deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, hozirça yangi çoralar köriş zarurati yöq, Finlyandiya Davlat kengaşi dam oliş kunlarida qöşimça yiğiliş ötkazmaydi.
Eslatib ötamiz, 16 noyabr kuni Finlyandiya boş vaziri Petteri Orpo qoçqinlar bilan boğliq vaziyat tufayli Rossiya bilan çegaradagi törtta çegara punkti yopilganini maʼlum qildi.









