Özbekiston Qozoğiston bilan çegarani kesib ötişda çeklovlar örnatdi

Özbekiston Qozoğiston bilan çegarani kesib ötişda çeklovlar örnatdi

Ertaga, 15 yanvardan boşlab Özbekiston va Qozoğiston Respublikasi fuqarolarining Özbekiston Respublikasining Qozoğiston Respublikasi bilan Davlat çegarasini kesib ötişi vaqtinça töxtatiladi. Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi xabar bermoqda. 

Quyidagi toifadagi şaxslar bundan mustasno: 

•    havo orqali kiruvçi barça toifadagi fuqarolar; 

•    öz vataniga qaytgan Özbekiston Respublikasi va Qozoğiston Respublikasi fuqarolari (keyingi örinlarda Tomonlarning fuqarolari deb yuritiladi);

•    hukumatlararo kurerlik aloqasi xodimlari;

•    yuklarni xalqaro taşiş bilan şuğullanuvçi haydovçilar;

•    rasmiy (hukumat) delegatsiyalari tarkibida quyidagi şaxslar;

•    diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari va xalqaro taşkilotlar xodimlari, şuningdek ularning oila aʼzolari;

•    Qozoğiston Respublikasi hududida joylaşgan Özbekiston Respublikasi obʼektlariga, şuningdek, Özbekiston Respublikasi hududida joylaşgan Qozoğiston Respublikasi obʼektlariga texnik xizmat körsatuvçi xodimlar;

•    uşbu davlatlarda investitsiya loyihalari doirasida öz faoliyatini amalga oşirayotgan Özbekiston, şuningdek Qozoğiston fuqarolari;

•    Özbekiston Respublikasida doimiy yaşovçi Qozoğiston Respublikasi fuqarolari, şuningdek Qozoğiston Respublikasida doimiy yaşovçi Özbekiston Respublikasi fuqarolari;

•    öqiş maqsadida sayohat qilayotgan Tomonlar fuqarolari;

•    Tomonlarning fuqarolari tibbiy maqsadlarda, oğir kasal bölgan yaqin qarindoşlarini borib köriş yoki yaqin qarindoşlarining dafn marosimida qatnaşiş maqsadida kelayotgan (ketayotgan);

•    Vafot etgan Özbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadlarini Qozoğiston Respublikasi hududida va Qozoğiston Respublikasi fuqarolarining Özbekiston Respublikasi hududida hamrohlik qiluvçi Tomonlar fuqarolari.

×