Ukrainaning Xerson şahri Rossiya Qurolli kuçlari tomonidan töliq nazorat ostiga olindi. Bu haqda bugun, 2 mart kuni bölib ötgan brifingda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konaşenkov maʼlum qilgan.
"Rossiya qurolli kuçlarining bölinmalari Xerson viloyati markazini töliq nazorat ostiga oldi. Fuqarolik infratuzilmasi, aholi hayotini taʼminlaş obʼektlari va şahar transporti har kuni işlamoqda. Şaharda oziq-ovqat va zarur tovarlar taqçilligi sezilmaydi", deydi Konaşenkov.
Uning qöşimça qilişiça, Xersonda ijtimoiy infratuzilma obʼektlarining faoliyatini taʼminlaş yuzasidan mutasaddi taşkilotlar bilan ham muzokaralar olib borilmoqda.
Ukrainaning yöqotişlari
Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boşlangandan beri Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuçlari Ukraina Qurolli Kuçlari harbiy infratuzilmasining 1502 ta obʼektini işdan çiqargan.
Hammasi bölib, operatsiya davomida Ukraina harbiy infratuzilmasining 1502 obʼekti yaroqsiz holga keltirildi. Ular orasida Ukraina qurolli kuçlarining 51 ta qömondonlik punkti va aloqa markazlari, 38 ta S-300 havo mudofaasi raketa tizimlari, “Buk M-1” va “Osa” zenit-raketa komplekslari, 51 ta radar stantsiyalari bor.
Unga köra, yerdagi 47 ta samolyot va havoda 11 ta samolyot, 472 ta tank va boşqa zirhli jangovar texnika, 62 ta reaktiv raketa tizimi, 206 ta dala artilleriya va minomyotlari, 336 ta maxsus harbiy texnika, 46 ta uçuvçisiz uçiş apparati yöq qilingan.









