Armaniston Turkiya bilan heç qanday şartlarsiz munosabatlarni normallaştirişga va çegarani oçişga tayyor. Bu haqda parlament yiğilişida vitse-spiker Akop Arşakyan maʼlum qildi.
“Bizning pozitsiyamiz özgarmadi. Armaniston çegaralarni oçişga va Turkiya bilan heç qanday şartlarsiz munosabatlarni normallaştirişga kirişişga tayyor. Bu Armaniston va arman xalqi manfaatlaridan kelib çiqadi”, degan Arşakyan.
Joriy yilning 14 yanvar kuni Moskvada Rossiya Federatsiyasi Taşqi işlar vaziri örinbosari Andrey Rudenko vositaçiligida munosabatlarni normallaştiriş böyiça Armaniston va Turkiya maxsus vakillarining birinçi uçraşuvi bölib ötdi. Ular muştarak tomonlarni aniqlaş maqsadida konstruktiv va siyosatdan holi tarzda muloqot qilişga kelişib oldi.
Maʼlumot örnida, 1993 yilda Turkiya bir tomonlama ravişda Armaniston bilan havo va quruqlik çegaralarini yopdi. Havo çegarasi 1995 yilda xalqaro hamjamiyat bosimi ostida oçilgan. 2008 yilda Armaniston-Turkiya munosabatlarini normallaştirişning yangi bosqiçi boşlandi. 2009 yil 10 oktyabrda Tsyurixda ikki davlat Taşqi işlar vazirlari “Armaniston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi örtasida diplomatik munosabatlar örnatiş töğrisida”gi va “Armaniston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi örtasidagi munosabatlarni rivojlantiriş töğrisida”gi bayonnomalarni imzoladi.
2018 yil 1 mart kuni Armaniston protokollar bekor qilinganini eʼlon qildi. Armaniston va Turkiya 2021 yilda kelişuv masalalari böyiça maxsus vakillarni tayinladi. Turkiyaning AQŞdagi sobiq elçisi Serdar Qiliç Anqaraning maxsus vakili böldi, Yerevandan esa parlament raisi örinbosari Ruben Rubinyan maxsus vakil böldi.









